Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lokomotiv» OChLdagi ishtirokini mag‘lubiyat bilan boshladi
Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 musobaqasi A guruhi 1-turidan o‘rin olgan «Al-Taavon» va «Lokomotiv» klublari o‘rtasidagi o‘yin o‘z yakuniga yetdi. Mazkur bellashuvda saudiyaliklar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi va jamoalar tanaffusga 0:0 hisobida chiqib ketdi. Ikkinchi bo‘limda «Al-Taavon» faol harakat qildi. 68-daqiqada burchakdan uzatilgan to‘pga Talal Al Absi boshi bilan zarba berdi va hisobni ochishga erishdi.
Ushbu gol o‘yinda yagonaligicha qoldi va «Lokomotiv» 2017 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasini mag‘lubiyat bilan boshladi.
OChL–2017. A guruhi, 1-tur
«Al-Taavon» (Saudiya Arabistoni) – «Lokomotiv» (O‘zbekiston) 1:0
Gol: Talal Al Absi (68)
«Al-Taavon»: Al Gamdi, Machado, Ali Absi, Al Baraka, Al Hussayn, Abusaban (Al Olayan, 80), Musa, Moaaz, N’Diayye, Sanmarten (Kano, 87), Al Zain (Al Sairi, 72).
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Sadriddin Abdullayev (Quvondiq Ro‘ziyev, 68), Sardor Mirzayev, Salim Mustafoyev, Timur Kapadze (Salamat Quttiboyev, 87), Islom To‘xtaxo‘jayev, Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev (Marat Bikmayev, 57), Muhammad Kone, Jaloliddin Masharipov.
Ogohlantirishlar: Al Absi (80), Al Olayan (85) – Muhammad Kone (76).
Mavzuga oid
20:49 / 04.04.2026
“Bunyodkor” - “Lokomotiv” o‘yinidan keyingi janjal sabablari o‘rganilmoqda
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
20:44 / 26.11.2025
OChL-2. «Andijon» beshinchi o‘yinni ham durang bilan yakunladi
20:41 / 24.11.2025