Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMW va Toyota qo‘shma sportkarlarini birga suratga tushirishdi
Shvetsiyada BMW va Toyota kompaniyalarining qo‘shma sportkarlari — Z5 rodsteri va Supra kupesi suratga olindi. Avtomobillarning fotosuratlarini Carscoops e'lon qildi.
Ikkala avtomobil ham yagona platforma negizida barpo etiladi, biroq ularning dizayni farqlanadi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Toyota Supra benzinli turbo dvigatel negizidagi gibrid motor, avtomatik uzatmalar qutisi va barcha g‘ildiraklari yetakchilik xususiyatiga ega bo‘ladi.
BMW Z5 rodsteriga o‘rnatiladigan motor Yaponiya kupesidagidan farqlanadi. Unga an'anaviy benzinli motorlar, xususan, olti silindrliklar hamda xDrive transmissiyalari joylanadi.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya va Germaniya avtomobilsozlari 2013 yilda hamkorlikni boshlagan. Bir yildan so‘ng, ularning ilk prototiplari paydo bo‘lgan edi. Kompaniyalar yoqilg‘i yacheykalari, yengil kompozit materiallar, yangi turdagi akkumulyatorlar ustida izlanishlar olib bormoqda.
Ikkala model ham kelasi yilda Avstriyaning Magna korxonasida ishlab chiqarila boshlanadi.



Mavzuga oid
07:58 / 07.03.2026
BMW urib ketgan YPX xodimi ishi: avariya tasvirlari paydo bo‘ldi
13:14 / 05.03.2026
“Bu – qonunchilikni qayta ko‘rib chiqish uchun jiddiy signal” – BMW YPX xodimini urib ketishi voqeasi haqida suhbat
08:49 / 28.02.2026
BMW yong‘in xavfi sabab 330 mingta avtomobilni qaytarib olyapti
08:26 / 27.02.2026