Qashqadaryoda nafsi hakalak otgan serjant qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyati IIB YHXB yo‘l-patrul xizmati alohida bataloni 2-otryadi inspektori lavozimida xizmat qilgan serjant Sh.Toshboyev jazoga tortildi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, u Yakkabog‘ tumanida “Damas” avtomashinasini to‘xtatgan hamda hujjatlari uyida qolib ketgan haydovchiga ma'muriy bayonnoma tuzishini aytgan. Haydovchining yalinib-yolvorishidan so‘ng unga “hozir mashina jarima maydonchasidan chiqib ketishini istasangiz...”, deb uchta barmog‘ini ko‘rsatgan.
Haydovchi oradan yarim soatlar o‘tib 150 ming so‘m olib keladi hamda uni inspektorga beradi. Pulni ko‘rgan serjant bular kam ekanini aytgach, haydovchi qolganini topganida olib kelishini aytadi.
Xullas, bayonnoma rasmiylashtirilmaydi. Serjant Sh.Toshboyev 150 ming so‘m evaziga transport vositasining texnik ko‘rikdan o‘tish muddati o‘tib ketganiga ham, gaz ballonining foydalanish muddati tugaganiga ham ko‘z yumdi. Haydovchi esa mashinasiga o‘tirib, jarima maydonchasidan chiqib ketadi.
Oradan kunlar o‘ta boshlaydi. Inspektor fuqaro J.Odilov boshqaruvidagi mashinani har ko‘rganda to‘xtatar, va'da qilingan pulning qolganini qachon berishini so‘rayverib holi-joniga qo‘ymasdi. Bundan sabr kosasi to‘lgan haydovchi oxiri huquq-tartibot organlariga xabar berdi.
Fuqaro J.Odilovning murojaati asosida o‘tkazilgan maxsus tadbirda serjant Sherali Toshboyev xalqumidan ilindi va huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olindi. Sud ishni atroflicha ko‘rib chiqib, unga nisbatan tegishli muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Britaniya gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni jadallashtiradi
O‘zbekiston | 11:45
-
Peskov: Agar nyuanslar hisobga olinsa, Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga rozi
Jahon | 11:19
-
Starmer, Makron, Mers va Tusk Kiyevga yetib keldi
Jahon | 11:17
-
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
O‘zbekiston | 11:05
Mavzuga oid

22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi

10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

12:04 / 05.04.2025