07:46 / 24.02.2017
4986

Yevropa ligasi. «Tottenhem» va «Fiorentina» musobaqa bilan xayrlashdi, «Lion» ikki o‘yinda jami 11ta gol kiritdi

Yevropa Ligasining 1/16 finalidan o‘rin olgan yana uchrashuv nihoyasiga yetdi. 

Angliyada «Uembli» stadionida kechgan uchrashuvda «Tottenhem» sensatsion ravishda Belgiyaning «Gent» klubi bilan durang o‘ynadi va musobaqadan chiqib ketdi. 

Kunning eng dramatik uchrashuvi esa Florentsiyada bo‘lib o‘tdi. Mehmonda g‘alaba bilan qaytgan «Fiorentina» o‘z uyidagi uchrashuvda ham ketma-ket ikkita to‘p kiritib amalda barchasini hal qilgandek edi. Biroq «Borussiya» birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida hisobni qisqartirdi. Ikkinchi bo‘limda esa jamoa butunlay o‘zgardi va mezbonlar darvozasini uch marta ishg‘ol qilib 1/8 final yo‘llanmasiini qo‘lga kiritdi.

«Lion» esa mehmondagi yirik hisobdan qoniqish hosil qilmaganini ko‘rsatdi va o‘z uyida «AZ» darvozasini 7 marta, jami ikki o‘yinda 11ta ishg‘ol qiishga muvaffaq bo‘ldi. Nabil Fekir bu uchrashuvda het-trik qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

Shuningdek, Rossiyaning «Rostov», Daniyaning «Kopenhagen», Belgiyaning «Genk» jamoalari ham nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi

Yevropa ligasi, 1/16 final
Javob uchrashuvlari

Tottenhem (Angliya) – Gent (Belgiya) 2:2 (1:1)
Gollar: 
Eriksen (10), Vanyama (61) – Keyn (20, avtogol), Perbe (82).
Tottenhem: Loris, Vertongen, Devis (Son Xin Min, 58), Uoker, Alderveyreld, Dembele (Uinks, 75), Dayyer (Yanssen, 89), Eriksen, Vanyama, Alli, Keyn.
Gent: Kalinich, Foke, Mitrovich, Gershon, Jigo, Deyagere (Verstrate, 56), Sayyef, Milichevich (Matton, 46), Esiti, Saymon (Perbe, 75), Kulibali.
Ogohlantirishlar: Deyagere (23), Sayyef (26), Kalinich (45), Vertongen (64), Uoker (74), Verstrate (83), Dayyer (85), Kulibali (88), Uinks (89), Vanyama (90).
Chetlatish: Alli (39, Tottenhem).
Dastlabki uchrashuv: 0:1.

Fiorentina (Italiya) – Borussiya M (Germaniya) 2:4 (2:1)
Gollar: 
Kalinich (15), Valero (28) – Shtindl (44, penalti, 47, 55), Kristensen (60).
Fiorentina: Teterushanu, Olivera, Rodriges, Astori, Vesino, Sanches, Valero, Badel (El-Babakar, 64), Bernardeski (Ilichich, 64), Keza, Kalinich.
Borussiya M: Zommer, Kristensen, Vendt, Yanchke, Vestergor, Daud (Shtrobl, 80), Kramer, Xofmann (Djonson, 73), Xerrmann, Azar (Drmich, 27), Shtindl.
Ogohlantirishlar: Vesino (23), Olivera (42), Kramer (67), Shtindl (76).
Dastlabki uchrashuv: 1:0

Sparta (Praga, Chexiya) – Rostov (Rossiya) 1:1 (0:1)
Gollar: 
Karavayev (83) – Poloz (13).
Sparta Praga: Koubek, Kadlets, Mazux (Gavelka, 46), Nxamoynesu, Golek, Sachek, Chermak, Karavayev, Albyach (Gibsh, 70), Yulish, Pulkrab (Shural, 40).
Rostov: Medvedev, Navas, Granat (Terentev, 70), Kudryashov, Mevlya, Yeroxin, Kalachev, Gatskan (Prepelitse, 46), Noboa, Poloz, Buxarov (Azmun, 46).
Ogohlantirishlar: Buxarov (24), Nxamoynesu (36), Kalachev (51), Shural (71), Yeroxin (77).
Chetlatish: Nxamoynesu (66).
Dastlabki uchrashuv: 0:4.

Lion (Fransiya) - AZ Alkmaar (Niderlandiya) 7:1 (4:1)
Gollar: 
Fekir (5, 27, 78), Korne (17), Darder (34), Auar (87), Diakabi (89) - Garsiya (26).
Dastlabki uchrashuv: 4:1

Genk (Belgiya) – Astra (Ruminiya) 1:0 (0:0)
Gol: 
Posuelo (67).
Genk: Rayan, Kastan, Brabets, Uronen, Kolli, Berge, Posuelo (Kumordzi, 89), Malinovskiy (Boetiyus, 90), Trossard, Samatta, Sxreyvers (Buffel, 76).
Astra: Lung, Jyeraldu Alvesh, Sepunaru, Junior, Stan, Lovin (Florya, 67), Mansali, Filipe Teysheyra, Seto (Ionitse, 82), Budesku, Nikulaye (Bush, 70).
Ogohlantirishlar: Stan (10), Junior (26), Jyeraldu Alvesh (74), Brabets (74), Seto (78), Malinovskiy (81), Trossard (85), Mansali (86), Sepunaru (90).
Dastlabki uchrashuv: 2:2

Kopenhagen (Daniya) – Ludogorets (Bolgariya) 0:0
Kopenhagen: 
Olsen, Yorgensen, Augustinsson, Ankersen, Yuxansson, Keyta (Kusk, 66), Matich, Tutu, Santander (Pavlovich, 80), Kornelius, Falk (Boylesen, 89).
Ludogorets: Stoyanov, Motsi, Palomino, Minev, Natanael, Kristaldo (Joao Paulo, 83), Dyakov, Marselino, Abel (Kishada, 65), Jonatan Kafu (Vura, 75), Kesheryu.
Ogohlantirishlar:  Abel (34), Kesheryu (39), Santander (55), Ankersen (87), Dyakov (90).
Dastlabki uchrashuv: 2:1

Top