Namangan tumani hokimi o‘zgartirildi

Xalq deputatlari Namangan tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi Kun.uz'ga xabar berdi.
Sessiya ishida viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat hokimligining guruh va kotibiyatlari, tegishli viloyat tashkilotlari rahbarlari, tumandan viloyat kengashiga saylangan deputatlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a'zosi Xayrullo Bozorov ma'ruza qildi.
Viloyat rahbari Namangan tumanida o‘tgan bir yilda amalga oshirilgan qurilish-obodonlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi sohalarida erishilgan natijalarni, hududning eksport salohiyatini oshirish, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida ish sifati va darajasini ko‘tarish bilan bog‘liq tajribalarni alohida e'tirof etdi.
Shu bilan birga viloyat birinchi rahbari tumanda hali qilinishi zarur bo‘lgan yumushlar ko‘pligini uqdirib, tuman faollari e'tiborini yangi ish joylari yaratish, qurilish va obodonlashtirishga yo‘naltirilgan xayrli ishlarni izchil davom ettirish, kollejlarda ta'lim va tarbiya sifatini tubdan yaxshilash, aholining rozi-rizoligi yo‘lida fidoyilik bilan ish tashkil etishga qaratdi.
Shavkatjon Abdurazzoqov Vazirlar Mahkamasiga ishga o‘tganligi munosabati bilan viloyat hokimining qaroriga ko‘ra, tuman hokimi vazifasidan ozod qilindi. Hozirgacha «Namangan hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Shuhratjon Abdulhayevich Davronov tuman hokimi etib tayinlandi, viloyat hokimining shu haqdagi qarori sessiyada bir ovozdan tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh migrantlarni Liviyaga deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda
Jahon | 21:22
-
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi
Jahon | 21:12
-
Rossiya Ukraina muzokaralarida juda ko‘p narsani talab qilmoqda – Vens
Jahon | 21:05
-
O‘zbekiston Hindiston va Pokistonni vazminlikka chaqirdi
O‘zbekiston | 20:58
Mavzuga oid

17:00 / 03.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi

10:14 / 02.05.2025
Namanganda O‘zbekiston-Qatar kasbiy mahorat markazi ochiladi

10:43 / 28.04.2025
Namanganda 25 nafar bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

15:49 / 27.04.2025