Jahon | 23:35 / 25.02.2017
4941
1 daqiqa o‘qiladi

Gvatemalada Fuego vulqoni otila boshlandi

Foto: Twitter

Gvatemalada Fuego vulqoni otila boshlandi, vulqon kuli 5 km gacha balandlikka otilmoqda.

Televisa telekanalining ma'lum qilishicha, o‘rtamiyona va kuchli portlashlar qayd qilingan. Vulqon kuli shimoli-g‘arb, shimol, shimoli-sharq va sharq tomonlarga 20 km gacha masofagacha tarqamoqda.

Vulqondan shuningdek uchta lava oqimi otilgan, ular kraterdan 300 metrgacha balandlikka chiqqan.

Kul qatlami yaqin oradagi qishloqlarni qoplagan va yaqin soatlarda mamlakat poytaxtiga yetib borishi mumkin.

Favqulodda xizmatlar fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasiga vulqon kuli tarqashi tufayli parvozlarni taqiqlashni tavsiya qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid