Afsonami yoki haqiqat: Tarixchilar mavjudligiga shubha qiluvchi 10 mashhur shaxs
Biror shaxs haqida asarlar yozilsa, ular asosida filmlar suratga olinib, mashhur bo‘lib ketsa, ko‘pchilik aslida shunday odam mavjud bo‘lgan degan xayolga boradi. Shunday qilinsa, ishonchli ko‘rinadi va asar xaridorgir bo‘ladi. Shu bois biz Chingizxon yoki Hitlerning aslida mavjud bo‘lgani borasida shubha qilmaymiz. Biroq shunday kishilar borki, ularning mashhurligi bu (izini ham topishga muvaffaq bo‘linmagan) ikki shaxsnikidan qolishmaydi. "Unday bo‘lsa, ular kim?" degan o‘rinli savol paydo bo‘ladi. Targ‘ibot orqali singdirilgan shaxslarmi yoki qahramonlikka chorlovchi personajlarmi - bunisi o‘zingizga havola.
Sem Amaki
Vatanparvarlikning yig‘ma obrazi, ma'lum bo‘lishicha, hech qanday asosga ega emas. Ha, Sem amaki hech qachon mavjud bo‘lmagan. Gap shundaki, Uncle Sam (Sem Amaki) so‘zlaridagi birinchi harflar shunchaki United States (Qo‘shma Shtatlar) ma'nosini anglatadi. Shunday qilib, Birinchi jahon urushi davrida Amerikaning targ‘ibot plakatlarida yig‘ma obraz tasvirlangan. Sem Amakining faqat yuzi shaxsiy muallif - Amerika timsoli sifatida o‘zini aks ettirgan karikaturachi Flegdan olingan.
Homer
Yunon shoiri Homer "Iliada" va "Odisseya" muxlislari uchun haqiqatda mavjud bo‘lgan shaxs. Uni odatda Xios orolida yashagan ko‘zi ojiz shaxs sifatida tasvirlashadi, biroq turli ekspertlarning ko‘rsatishicha, u jismoniy jihatdan muallifligi biriktirilayotgan she'rlarni yozishi mumkin emasdi. Shu bois ko‘plab noma'lum shoirlar va yozuvchilar yaratgan asarlar muallifligi uchun Homer o‘ylab topilgan personaj ekanligi ehtimolga yaqinroq.
Robin Gud
Badavlat kishilarni tunab, kambag‘allarga pul ulashuvchi "qahramonlar" bo‘lganmikan? Javob "yo‘q" bo‘lsa-da, odamlar qachonlardir shunday inson bo‘lganligi va uning odamlarga yaxshilik qilganligiga ishongisi keladi. Biroq tarixchilar - qat'iy shaxslar. Ular zarracha shubhasiz Robin Gudning aslida mavjud bo‘lmaganini isbotlashga urinishdi. XII asrda haqiqatda Robehod atamasi bo‘lgan, biroq bu so‘zni barcha qaroqchilarga nisbatan qo‘llashgan. Aftidan go‘zal afsona ham shu tajribaga tayangan.
Qirol Artur va Aylana Stol ritsarlari
Britaniya monarxlari haqida kinematografik hikoyalar ko‘p. Ularning barchasi haqiqatdek tuyuladi, Britaniya monarxiyasi o‘z tarixining uzluksizligini ta'minlab keluvchi mamlakat, axir. Biroq bu afsonalarning eng sevimli qahramoni - qirol Artur va uning Aylana Stol ritsarlari hamda Lanselot - afsonadan boshqa hech narsa emas. Tarixchilar asrlar davomida bu afsonaning haqiqat ekanligiga ishora qiluvchi hech bo‘lmaganda bitta tarixiy asos topishga harakat qilishdi. Biroq buning uddasidan chiqishmadi va shu bilan qidiruvlar to‘xtatildi.
Vilgelm Tell
Shveytsariyaning huquq va erkinlik kurashchisi Vilgelm Tellni ko‘pchilik Shiller va Rossinining asarlari orqali taniydi. Uning qahramonliklari tillarda doston bo‘lgan. Tell Germaniya imperatori o‘g‘lining boshiga qo‘yilgan olmani arbaletdan poylagan. O‘tkir merganning mavjudligiga og‘zaki ma'lumotlardan boshqa dalillar yo‘q. Biroq afsona tafsilotlari ramziy an'analarga haddan ziyod mos keladi. Bu esa barchasining boshidan oxirigacha o‘ylab topilganini bildiradi.
Sherlok Xolms
Ser Artur Konan Doylning asarlari dunyoning barcha burchaklarida juda mashhur bo‘lgan paytlarda, o‘n yillar davomida bu kitoblardagi qahramonlarning hayotda real prototipi bo‘lgan degan fikr yurardi. Ko‘pchilik hattoki shunday inson bo‘lgani va Viktoriya davrida sirli ishlar bilan shug‘ullanganini isbotlashga harakat qilardi. Aslida esa, bu to‘liq o‘ylab topilgan personaj bo‘lgan.
Uilyam Shekspir
Shekspirning mavjudligiga isbotlar bu nomning tarixiy hujjatlarda qayd etilishiga borib taqaladi. Biroq ko‘p adabiyotshunoslarning ishonch bilan ta'kidlashicha, dramaturgning muallifligi qayd etilgan barcha pesalarni bir kishi yozgan bo‘lishi mumkin emas. Shu bois Shekspir - bu asarlar mualliflarining yig‘ma taxallusi deya taxmin qilish ehtimolga yaqinroq. Boz ustiga Shekspirning nomi qayd etilgan hujjatlarda uning ismi turlicha yozilgan. Shunisi qiziqki, Shekspirni ko‘rgan yoki u bilan yozishgan biror ishonchli tarixiy guvoh bo‘lmagan.
Qirol Sulaymon
Qirol Sulaymon o‘z davri hamda qadimiy davrning eng badavlat kishisi sifatida tarixga kirgan. Biroq tarixchilar va arxeologlar uning aslida bo‘lgan yo bo‘lmagani borasida bahslashishda davom etishmoqda. Uning foydasiga hal bo‘ladigan yagona isbot Qur'on va Injil matnlariga bog‘liq. Ular esa, o‘z navbatida ba'zi doiralarda ishonchli hujjat hisoblanadi.
Chavandoz Malboro
Amerikalik Malboro ma'lum bir davrda barchaning sevimli qahramoniga aylangan va hatto ba'zilarni yomon odatlar sari yetaklagan. 1950-yillarda AQShda va 1990-yillarda Rossiyada shunday ko‘rkam yigitning haqiqiy emasligi hech kimning xayolga ham kelmagan. Haqiqat shunda ediki, bunday obraz g‘arazli maqsadlarda qo‘llangan. Tamaki fabrikalari filtrli sigaretlarni targ‘ib qilishi kerak bo‘lgan, u paytlar esa bunday sigaretlarni chekish faqat ayollarga xos edi. Chavandoz Malboro - bunday sigaretlarni omma oldida chekishdan or qilmagan birinchi erkak kishi bo‘lgan. O‘ylab topilgan bo‘lsa-da, sevimli qahramon ketidan qolganlar ham ergashgan.
Pifagor
Barchamiz Pifagor haqida maktabdagi matematika darsliklaridan ma'lumot olganmiz va hali-hanuz bu yunon mutafakkirining haqiqatda bo‘lganiga ishonamiz. Aslida esa u matematik emas, raqamli sehrgarlik bilan shug‘ullangan. U haqida faqat dushmanlarining fikrlari yetib kelgan, ular Pifagorni noan'anaviy kult uchun tanqid qilishgan. Biroq Pifagorning barcha matematik yutuqlari bizgacha uning haqiqiyligiga shubha uyg‘otadigan fantastik tafsilotlar bilan birga boshqa odamlar orqali yetib kelgan.
Mavzuga oid
10:39 / 16.06.2024
100 yil oldin O‘zbekistonda Qurbon hayiti qanday nishonlangan? Arxiv suratlar
09:00 / 24.05.2024
6 yilda 54 ta tarixiy film - o‘zbek kinoijodkorlari bunga tayyormi?
15:46 / 17.02.2024
“O‘zbekxon davrida o‘zbek degan nom shuhrat topdi” – ekspert
21:52 / 30.01.2024