Özining taşqi körinişi, islohotçiligi, adolati va mardligi bilan tanilgan uluğ hukmdorlardan biri Özbekxon haqida köpçiligimiz bilmaymiz. 1312–1342-yillarda Oltin Ördada hukumronlik qilgan xon öşa davr tarixçilari tomonidan dunyoning yetti buyuk hukmdoridan biri deb ta’rif berilgan. Bugun biz şu haqida tarixçi Ğaybulla Boboyorov va qirğizistonlik yozuvçi Mahmudjon Qozoqboyev bilan suhbatlaşdik.

Ğaybulla Boboyor: — Özbekiston tarixi deyilganda köproq Amudaryo va Sirdaryo oraliği bilan çeklaniş paydo bölib qolgan. Özbekxon hozirgi Özbekiston hududida yaşamagani uçun uni begonasirab körişadi. Tarix kitoblarida ham özbek xalqi kelib çiqişi Özbekxonga ham boğliq ekani haqidagi taxminni aytib ketişadi xolos. Lekin uning faoliyati, nimalar qilganiga deyarli töxtalişmaydi.

Mahmudjon Qozoqboyev: — Bu savol har bir özbekni qiziqtiradi deb öylayman. Biz bu inson ta’rifini bilmasligimizga birinçi sabab — u ruslar ustidan hukmronlik qilgan, şuning uçun ötgan asrda Özbekxon tarixi yaşirilgan. Bundan taşqari, islom dini Oltin Ördaning davlat dini deb joriy qilingan.

Özbeklar din bilan paydo bölgan millatmiz desak ham böladi. Çunki özbekdan keyin möğul qolmadi: bu hududlarda islom dinini qabul qilganlar özbek, qabul qilmaganlar qalmoq böldi. Şu bilan möğul yöqolib ketdi.

Ğaybulla Boboyor: — Özbek tarixiga töxtalişdan qoçişning boşqa tomonlari ham bor. Ya’ni Özbekxon kelib çiqişi Çingizxonga taqaladi. Çingizxon esa yovuz, bosqinçi sifatida ta’riflanadi bizda, şu sababli Özbekxonga ham ijobiy qaraş şakllanmagan. Ota-bobolari qilgan iş uçun bular ham javobgar bölib qolyapti. Özbekxonga, umuman, Çingiziylarga munosabatimizni tubdan özgartiriş kerak. Asli özbek degan nomni olib kirgan, bugungi Özbekiston asosi bölgan davlat tuzgan Şayboniylar sulolasi, Şayboniylar esa Özbekxon va Çingiziylarga taqaladi. Bir tomondan özbek degan nomimizni uluğlaymiz, lekin bunga asos bölgan ildizlardan qoçamiz. Tarixni örganmay, yozma manbalarni körmay, bu bosqinçi avlodi, bu özimizniki deymiz.

Hali ham bu böyiça sovetlar çizib bergan doiradan çiqolmayapmiz. Özbek davlatçiligi bölmagan degan toş otişlar ança oldin boşlangan edi. Faqat endi ommaga çiqarilib aytilyapti.

Tarixan özbek, qozoq, qirğiz, turkman yo boşqa bölsin, ba’zilari mavjud nomlar bölgan. Bir joydagi xalq nomidan boşqa joyga köçgan ham böladi tarixiy jarayonda, masalan, Yenisey qirğizlari bölgan, keyin Oltoyga köçgan, keyin Şarqiy Turkiston va söng hozirgi Yettisuv atrofiga kelib joylaşişgan.