Milliy sertifikatga ega tarix fani o‘qituvchilariga ham ustama to‘lanadi
2024/25 o‘quv yilidan boshlab, avval e’lon qilinganidek ona tili va adabiyot o‘qituvchilari bilan birga, tarix o‘qituvchilariga ham milliy sertifikat olgan taqdirda 50 foizlik ustama to‘lanadi. 1 sentabrdan e’tiboran, tajriba-sinov tariqasida Qashqadaryo va Surxondaryodagi maktablarga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun bepul avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: Kun.uz
2024 yilgi davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Unga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab:
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi;
- umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini menejyerlik sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi; bunda, direktorlarga malakaviy talablar aniq belgilanib, ular har 5 yilda 1 marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 tadan tumanida (shahar) sinov tariqasida “Mening maktabim” loyihasi yo‘lga qo‘yiladi. Loyiha doirasida maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobari miqdorida (hozirda 51 mln so‘m) mablag‘ ajratilib, bu mablag‘lar 5–11 sinf o‘quvchilari tanloviga ko‘ra elektron doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktablar uchun zarur tovarlarga sarflanadi.
2024 yil 1 sentabrdan boshlab, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, milliy sertifikatga ega o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilariga 50 foiz ustama to‘lanishi haqida prezident Shavkat Mirziyoyev 2023 yil dekabr oyidagi yig‘ilishlardan birida e’lon qilgan edi. Tarix fani o‘qituvchilariga ustama to‘lanishi esa ilk marta ma’lum bo‘lmoqda.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijondagi masjidda ro‘y bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
O‘zbekiston | 22:12
-
Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya AQSh bojlariga qo‘shma javob tayyorlamoqda
Jahon | 21:50
-
Eron oliy rahbari agar AQSh zarba bersa, keskin javob qaytarilishini ma’lum qildi
Jahon | 21:38
-
WSJ: Trampning maslahatchisi Mayk Uols Signal messenjeri chatlarida Rossiya-Ukraina urushini muhokama qilgan
Jahon | 21:37
Mavzuga oid

11:20 / 14.03.2025
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi

14:51 / 23.02.2025
O‘zbekistonda maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilar soni ma’lum qilindi

15:40 / 16.02.2025
Sirdaryoda o‘qituvchiga qo‘l ko‘targan ayol ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi

18:01 / 14.02.2025