O‘zbekistonlik mohir sartarosh dunyoning eng nufuzli tanlovlaridan biri g‘olibi bo‘ldi
Rossiyaning Sankt-Peterburgida fevralda o‘tkazilgan, Do‘stlik kubogi uchun sartaroshlik san'ati, neyl-dizayn va dekorativ kosmetika bo‘yicha jahon chempionatini o‘z ichiga oluvchi "Nevskiye berega" go‘zallik festivali Zumi Yu go‘zallik studiyasini taqdim qiluvchi (Samarqand) samarqandlik mohir sartarosh Fariddun Burxonovning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Fariddun 11 ta mumkin bo‘lgan sartaroshlik tanlovidan 8 tasida ishtirok etib, eng ko‘p ball to‘plagan holda festival Gran-prisini qo‘lga kiritdi.
"Men "Nevskiye berega" gran-prisini uchinchi bor yutishga harakat qilib kelaman. Avvalgi ikkita urinishim besamar ketgandi va mana nihoyat, butun dunyo stilistlarining bosh sartaroshlik kubogi mening qo‘llarimda!", deb o‘z quvonchi bilan bo‘lishmoqda yigit.
Fariddun bu g‘alabaga erishish yo‘lida eng murakkabi nima bo‘lgani haqidagi savolga, u bu tanlovda uchinchi bor ishtirok etib, shunday tajribaga ega bo‘lganki, unga endi hech narsa murakkab tuyulmasligini aytgan. Fariddun yaratgan soch turmaklarini ko‘rib tasanno aytmay qolmaysan. Murakkab holda o‘rilgan sochlar, zamonaviy turmakning aniq texnik ijrosi kishini lol qoldiradi. Va bu barcha go‘zallikni qisqa vaqt ichida yaratish kerak: tanlov tugashi haqida signal chalinishi bilanoq sartarosh ishini tugatib, qo‘llarini yuqoriga ko‘tarishi lozim. Signaldan keyin hech nimani o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi. Fariddun qaychi, fen, lak va shpilkalar bilan amalga oshiradigan harakatlari eng kam vaqt olishi uchun 4 oy davomida mashq qilgan.
"Nevskiye berega" jamg‘armasi prezidenti Dmitriy Yershov festival va chempionat natijalariga izoh berarkan, tanlov g‘olibi diplomi va hattoki bu tanlovning o‘zida ishtirok etganlikning o‘zi butun dunyoda sartaroshlik sohasida yuqori baholanishini ta'kidlab o‘tgan.
Tanlovda raqobat juda kuchli bo‘lgan, chunki ushbu tanlov dunyo miqyosidagi sartaroshlar, neyl-dizaynerlar, vizajistlar va stilistlarning eng nufuzli tanlovlaridan biri hisoblanadi. U jiddiy tayyorgarlik va yuqori mahoratni talab qiladi.
Bu yilgi chempionatda O‘zbekiston, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston, Moldova, Boltiq davlatlari, Vengriya, Germaniya, Italiya, Finlyandiya, Isroil va boshqa ko‘plab davlatlardan 1500 dan ko‘proq ishtirokchi qatnashdi. Ular sartaroshlik, neyl-dizayn, vizaj, kosmetologiya, makiyaj, bodi-art bo‘yicha 50 dan ko‘proq tanlovlarda o‘z mahoratlari bilan bellashishdi. Festivalning mukofot jamg‘armasi 100 ming yevrodan ko‘proqni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024