Fan-texnika | 20:40 / 02.03.2017
5903
3 daqiqa o‘qiladi

DNK negizidagi ilk kompyuter yaratildi

Manchester universiteti mutaxassislari DNK negizida hisoblash tizimini yaratishdi. Mutaxassislar dezoksiribonuklein kislotani (DNK) hayotni dasturlash tili sifatida qarab, uning yordamida ma'lumotlar massiviga ishlov berish  mumkinligi isbotlashdi.

Tadqiqot muallifi Ross Kingning ta'kidlashicha, DNK organizmda ko‘plab buyruqlarni ishlab chiqaradi. U sochlarni o‘sishga majbur qiladi yoki leykotsitlarga infeksiyaga hujum qilishni buyuradi. Agar DNK bu amallarni bajara olsa, unda uni boshqa ma'lumotlarni ishlashda ham qo‘llash mumkin.  

King Tyuringning determinallashmagan universal mashinasini yaratdi. Nazariy jihatdan bu qurilma istalgan masalani hal qila oladi. Qurilmaning unumdorligi eksponentsial ravishda oshadi, shu sababli u kuchliligi bo‘yicha kvant kompyuterlarini ortda qoldiradi, oddiy kompyuterlarni esa aytmasa ham bo‘ladi. 

King qurilmaning ishlashini shunday tasvirlaydi. Agar oddiy kompyuter ikkita yo‘l ayrilish joyida tursa, u yo‘llardan birini tanlashi kerak. Agar tanlov xato bo‘lsa, unda ortga qaytib, 2-yo‘ldan borish kerak bo‘ladi.

DNK-kompyuterda to‘g‘ri yechim tezroq topiladi, chunki tizim birdaniga ikkita yo‘ldan boradi. Kvant kompyuterlari ham agar tizimlar simmetrik bo‘lsa ikkita yo‘ldan bir vaqtda bora oladi. 

Bunday DNK-tizimni butun dunyo olimlari yillab qidirganlar. Albatta, bunday darajadagi tijoriy qurilmalar o‘nlab yillardan keyin paydo bo‘ladi, biroq ular tomon eng muhim qadam tashlandi.

DNK-kompyuterlarning mavjud tizimlardan ustunligi shundaki, kislota zanjirlari ko‘proq hisob-kitoblarni bajarish uchun o‘zlarini nusxalab, o‘sishlari mumkin. 

An'anaviy tizimlar esa hisoblash yadrolari soni bilan cheklangan.

DNK-kompyuterlarning kvant kompyuterlardan ham ustunligi bor. Kvant tizimlari ishi o‘ta tezkor parallel hisob-kitoblar uchun anchagina texnik murakkabliklarni nazarda tutadi. Tadqiqotchilar DNK-kompyuterlarda bunday cheklovlarni aniqlashmagan.

Mavzuga oid