Parabon NanoLabs laboratoriyasi olimlari Qadimiy Misr zamoniga mansub mumiyolangan 3 jasadning yuz qiyofasini tiklaşga muvaffaq bölişdi.
Mumiyolar Qohiradan janubda joylaşgan Abusir al-Malak şahrida topilgan. Ular miloddan oldingi 1380 yil va milodning 425 yili oraliğida dafn etilgan bölgan. 2017 yilda Germaniyadagi Maks Plank nomidagi insoniyat tarixi instituti olimlari bu mumiyolarning DNKsini “öqişga” muvaffaq bölişgan. Bu Qadimiy Misr mumiyosi genomining tarixdagi birinçi muvaffaqiyatli rekonstruksiyasi bölgan.
Virjiniyada joylaşgan, DNK bilan boğliq texnologiyalar bilan şuğullanuvçi Parabon NanoLabs kompaniyasi olimlari uşbu genetik ma'lumotlardan foydalanib, mumiyolarning uç ölçamli yuz qiyofasini yaratişga muvaffaq bölişdi. Ular buning uçun DNK-fenotiplaş usulidan foydalanişgan. Bunda insonning taşqi körinişining öziga xos jihatlari va yuz qiyofasini prognozlaş uçun genetik tahlil amalga oşiriladi.
“DNK-fenotiplaş bunday qadimiy inson irsiy materiali asosida birinçi marta bajarildi”, deb ma'lum qilingan kompaniya xabarida.
Mumiyolar 3 erkak kişiga tegişli bölib, bu erkaklar qoramtir köz va soçga hamda oç jigarrang teriga ega bölgan. Rekonstruksiya davomida ularning 25 yoşdagi körinişlari olingan. Olimlarning xulosa qilişiça, mumiyolar irsiy jihatdan hozirgi misrliklardan köra Örta dengiz va Yaqin Şarqning hozirgi aholisiga yaqinroq hisoblanadi.
Uç Misr mumiyosi yuz qiyofasi DNK yordamida tiklandi












