Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr sudi Husni Muborakni oqladi
Misrda oliy apellyatsiya sudi mamlakatning sobiq prezidenti Husni Muborakni oqlash haqida hukm chiqardi.
Husni Muborak bir necha yildan beri Qohira harbiy gospitalida saqlanadi. Bu vaqt ichida uning ko‘rsatmasi bilan 2011 yilda tinch namoyish ishtirokchilariga qarshi zo‘ravonlik va kuch ishlatilgani haqidagi ish ko‘plab sud instansiyalarida ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, Husni Muborak davlat mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirib, xorijga olib chiqib ketishga ayblangandi.
Sud ish bo‘yicha tinglov 2 mart kuni kun davomida bo‘lib o‘tdi. Yakunda hakam avvaliga umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan sobiq prezident aybsiz ekanini e'lon qildi.
Kassatsiya sudi hukmi yakuniy hisoblanadi va bu hukm ustidan shikoyat qilib bo‘lmaydi.
Bundan oldinroq, sobiq prezidentning advokati uni oqlovchi muhim dalilni keltirgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, 2012 yil 2 iyunida Misr sobiq prezidenti Husni Muborak va IIVning sobiq rahbari Habib al-Adliy umrbod ozodlikdan mahrum etilgan edi. Qohira sudi 2011 yil yanvaridagi inqilob vaqtidagi tinch aholining o‘limiga ularning aloqadorligi isbotlangan, deb hukm chiqargan edi.
Biroq 2013 yilning yanvarida jinoyat ishlari bo‘yicha Misr sudi hukm ustidan Muborakning advokatlari bergan apellyatsiyani qanoatlantirdi. 2014 yilning noyabrida esa Muborak va uning o‘g‘illaridan namoyishchilar o‘limi va korrupsiya jinoyatlari bo‘yicha barcha ayblovlar olib tashlandi.
IIVning sobiq rahbari va uning yordamchilari ham oqlandi, biroq bu qaror Misr aholisining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng Bosh prokuratura, sud ishi davomida protsessual qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganini ma'lum qilib, sud hukmi ustidan shikoyat qildi. Ko‘p o‘tmasdan Misr sudi Husni Muborakni oqlash haqidagi hukmni bekor qilgandi.
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Firibgarlar sud organlari nomidan SMS yubormoqda
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026