Texnologiya | 22:18 / 03.03.2017
4925
2 daqiqa o‘qiladi

Jyeneva avtoko‘rgazmasida yangi Spyker taqdim etiladi

Foto:motor.ru

Niderlandiyaning Spyker kompaniyasi yangi modelining tizerini namoyish etdi. Uning rasmiy taqdimoti Jyeneva avtosalonida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu 2016 yilda ayni Jyeneva ko‘rgazmasida taqdim etilgan C8 Preliator kupesining tomi ochiq namunasidir. Yangi model Spyker nomiga uyqash tazda Spyder deb nomlanadi. 

Hozircha, u haqda batafsil ma'lumotlar mavjud emas. Niderlandiya kompaniyasi uning texnik ko‘rsatkichlariga doir barcha ma'lumotni sir tutmoqda. Biroq, texnik jihatdan yangi mashina avvalgisiga o‘xshash bo‘ladi. Unga Audi kompaniyasi ishlab chiqqan 4,2-litrli, 525 ot kuchiga V8 motori joylanishi ehtimol. 

C8 Preliator kupesiga 6 bosqichli mexanik uzatmalar qutisi yoki 8 diapazonli avtomatik uzatmalar qutisi o‘rnatilgan. U 3,7 soniyada soatiga 100 km tezlikka erishadi. Eng yuqori tezligi soatiga 320 kmdan oshadi. 

Ikki eshikli Spyker 50 nusxada ishlab chiqariladi. Uning boshlang‘ich narxi taxminan 355 ming dollardan boshlanadi. C8 Preliator Spyder ham son jihatidan cheklanishi mumkin. 

.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish