Coca-Cola’ni sevib ichadiganlar albatta buni ko‘rishi kerak!
Facebook ijtimoiy tarmog‘ining LADbible guruhida Coca-Cola ichimligining ikki turi bilan o‘tkazilgan ajoyib tajriba videosi ommalashib bormoqda. Unga shu vaqtgacha 275 mingdan ortiq foydalanuvchi “Like” tugmachasini bosgan.
Videoda gaz ballonchalarida qizdirilayotgan ikkita tovaga Coca-Cola va Coca-Cola Zero ichimliklari quyiladi. So‘ngra ular tarkibidagi suvi to‘liq bug‘languncha qaynatiladi.
Yakunda tovalardan birida, aniqrog‘i Coca-Cola quyilgan idishda tagida ko‘p miqdorda shakar qiyomi qoladi.
Shu o‘rinda, shakarning inson organizmiga zarari xususida olib borilgan ayrim tadqiqot natijalarini havola qilamiz, xulosa qilish esa o‘zingizdan.
Shakarni tanada ortiqcha yog‘larning to‘planishiga, qarish jarayonining tezlashuviga olib keladi. Tanani B vitaminlaridan mahrum etadi, yurakka salbiy ta'sir ko‘rsatadi, inson organizmidagi kalsiyni yemiradi. Shakarning eng xavfli tomoni tananing tabiiy immunitetini 17 martaga zaiflashtiradi.
Mavzuga oid
14:51 / 25.01.2021
Aksilkorrupsiya agentligi «Coca Cola Ichimligi»ni xususiylashtirish bo‘yicha tenderni to‘xtatishni talab qildi
18:55 / 18.01.2021
Sayyorani eng ko‘p «ifloslantiruvchi» kompaniyalar ma'lum qilindi
23:55 / 30.12.2020
Coca-Cola Uzbekistan’dagi davlat ulushini sotib olish uchun 3ta taklif tushgani ma'lum qilindi
10:54 / 18.12.2020