Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chiqindi ichida qolgan Efiopiya. Qurbonlar soni ortmoqda
Efiopiya poytaxti Addis-Abeba shahri yaqinida joylashgan chiqindixonaning o‘pirilishi natijasida halok bo‘lganlar soni 60 nafar kishidan oshdi. Bu haqda Assoshieyted Press agentligi xabar tarqatgan.
Bundan avvalgi xabarlarda qurbonlar soni 46 kishi ekani va o‘nlab kishilar jarohatlangani aytilgandi.
Mahalliy hokimiyat vakillarining ma'lumotlarida keltirilishicha, chiqindi uyumi ostida qolib ketganlarning aksariyat qismini ayollar va bolalar tashkil etadi.
Chiqindilar mazkur joyga Addis-Abeba shahridan qariyb 50 yildan beri olib kelib tashlanadi. Biroz muddat chiqindilar boshqa yerga to‘kilishi boshlangandi. Ammo mahalliy fermerlarning noroziliklaridan keyin chiqindilar yana eski joyiga keltirishi boshlangan.
Voqea paytida hududda 100dan ortiq kishi bo‘lgan. Qutqaruvchilar chiqindilar orasidan 37 kishini omon holda olib chiqishgan. Hali yana o‘nlab kishilar chiqindilar ostida qolayotgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
10:30 / 04.07.2026
O‘zbekistonda 11 ta chiqindidan energiya ishlab chiqarish zavodi quriladi
09:15 / 27.06.2026
Qaysi mamlakatlarda yadro chiqindilari eng ko‘p? Yangi xarita e’lon qilindi
09:05 / 20.06.2026