21:17 / 15.03.2017
3937

Britaniya aviakompaniyasi xushmuomala yo‘lovchilarni mukofotlashga qaror qildi

Britaniyaning Monarch Airlines aviakompaniyasi joriy yil davomida xushmuomala yo‘lovchilarni rag‘batlantirishga va'da berdi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda

Aviakompaniyada reysni telefon orqali bronlashda ularga xizmat ko‘rsatayotgan xodimlar bilan xushmuomala gaplashadigan yo‘lovchilarga imtiyozlar berilmoqchi.   

Xushmuomalalik evaziga yo‘lovchilarga samolyotning shinamroq o‘rindig‘iga bepul o‘tirishga ruxsat beriladi, vaholanki aviakompaniyada bu xizmat 50 funt sterling turadi. Bundan tashqari, bunday mijozlar reysga belgilangan vaqtdan oldinroq ro‘yxatga olinadilar.   

Aviakompaniyaning mijozlar bilan ishlash xizmati xodimlari qaysi yo‘lovchiga imtiyoz berilishini o‘zlari hal qiladilar. Ularning har biri haftasiga 10 ta shunday mukofotlashni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. 

Aviakompaniya vakillari bu aksiya xushmuomalalik, o‘zaro hurmat va olijanoblik kabi qadriyatlarni ilgari surish uchun joriy qilinganini ma'lum qilishdi.

Mavzuga oid
Top