Fotofakt: Kamerada qayd etilgan qoidabuzarlikka jarima solindi

Ma'lumki, 2017 yil 15 mart soat 00:00dan Toshkent shahrining 115ta chorrahasida o‘rnatilgan kameralar belgilangan tartibda qoidabuzarliklarni qayd etishni boshlagani haqida avval xabar qilingan edi.
O‘zbekiston ijtimoiy tarmoqlarida esa 15 mart kuni soat 03:36da Qatortol-KXAY chorrahasida Kobalt rusumli avtomobil tomonidan qoidabuzarlik qayd etilgani va transport vositasining egasiga eng kam oylik ish haqining ikki baravari (299,550 so‘m) miqdorida jarima solinganiga doir fotosurat tarqaldi.
Unda qoidabuzarlik qayd etilgan holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB inspektorining qaroriga ko‘ra, jarima solinganini ko‘rish mumkin.
Jarima maktubida, shuningdek, avtomobil rusumi, davlat raqami qayerda qoida buzish sodir etilgani, avtomobil egasining ismi-sharifi, doimiy yashash manzili ham ko‘rsatilgan.
Kun.uz ushbu fotosurat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB matbuot xizmatiga murojaat qildi. Matbuot xizmatidagi manba suratning haqiqiyligini tasdiqladi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 23:27 / 12.05.2025
-
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
Jahon | 23:02 / 12.05.2025
-
Britaniya bosh vazirining uyida yong‘in chiqdi - The Times
Jahon | 23:00 / 12.05.2025
-
Zelenskiy Putinni yuzma-yuz gaplashishga chaqirdi. Rossiya nega otashkesimni cho‘zyapti?
Jahon | 22:48 / 12.05.2025
Mavzuga oid

19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi

17:25 / 02.04.2025
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi

14:56 / 01.04.2025
Chustda yordamchisini kaltaklagan sud raisi jarimaga tortildi

15:50 / 27.03.2025