Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litseylardagi o‘quv guruhlaridagi o‘quvchilar soni cheklanadi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra litseylardagi guruhlarda o‘quvchilar soni 26 nafardan oshmasligi kerakligi belgilab qo‘yilgan.
Bundan maqsad akademik litseylarda ta'lim sifatini oshirish, ta'lim jarayoniga ilg‘or pedagogik usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta'lim resurslari va multimedia taqdimotlarini keng tatbiq qilish va buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hisoblanadi.
Bundan tashqari, chuqurlashtirib o‘qitiladigan fanlar (ta'lim yo‘nalishlari) bo‘yicha amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari guruhlarga bo‘lingan tarzda, ya'ni ikkita kichik guruhda (13 nafardan) o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Pedagoglar tarkibi oliy ma'lumotli va kamida 5 yillik uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan malakali o‘qituvchilar orasidan tanlov asosida shakllantiriladi.
Akademik litseylar direktorligi uchun nomzodlar akademik litseylar biriktirilgan oliy ta'lim muassasalari rektorlari tomonidan tavsiya etilishi belgilanmoqda.
2017/2018 o‘quv yilidan boshlab akademik litseylar o‘quvchilarini umumta'lim fanlari bo‘yicha darsliklar bilan ta'minlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjyetdan tashqari respublika maqsadli kitob jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan ijara tizimi asosida amalga oshiriladi. Kam ta'minlangan oilalar farzandlari umumta'lim fanlari bo‘yicha darsliklar bilan byudjyet mablag‘lari hisobidan bepul ta'minlanadi.
Mavzuga oid
21:37 / 04.02.2026
Ikkinchi sinf o‘quvchisi mashina boshqarib, sinfdoshlarini sayr qildirdi
10:23 / 06.09.2025
Samarqandda o‘quvchilar avtobusga chiqarilmadi: hokimlik bepul qatnov joriy qildi
23:06 / 01.06.2025
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi
19:38 / 29.01.2025