Jamiyat | 12:39 / 15.03.2017
23321
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etiladi

O‘zbekiston Mehnat vazirligi 17-18 mart kunlari davomida Toshkent shahrida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazadi.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yarmarka Yoshlar ijod saroyida tashkil etiladi.

Yarmarkada 700ga yaqin kompaniya va tashkilotlar 13,5 mingdan ortiq ish o‘rinlari bilan ishtirok etadi. Unda ish beruvchilar va talabgorlar o‘rtasida mehnat shartnomalari tuzilishi mumkin.

Yarmarkada tijorat banklari tadbirkorlik boshlashni istovchilar uchun kreditlar taklif etadi.

Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, bunday yarmarkalar O‘zbekistonning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid