Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. «Manchester Siti» turnirni tark etdi
Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida «Monako» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni mag‘lub etib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.
Monegasklar Kilian Mbappening goli evaziga uchrashuvning 8-daqiqasidayoq hisobda oldinga chiqib oldilar. 29-daqiqada Fabino maydon egalari ustunligini ikki gollik farqqa yetkazdi. 71-daqiqada shaharliklar o‘yinchisi Leroy Sane «Monako» darvozasiga bir javob to‘pini kirita oldi. Biroq 6 daqiqa o‘tib monegasklar futbolchisi Temua Bakayoko o‘z hisobiga bir gol yozib, uchrashuvdagi va umuman nimchorak finali bahsidagi yakuniy nuqtani qo‘ydi. Uchrashuv 3:1 hisobida yakunlandi.
Manchesterda o‘tgan 1-uchrashuvda «Monako» 3:5 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Ikki uchrashuvning umumiy hisobi 6:6 ni tashkil qildi va monegasklar mehmondagi gol qoidasiga ko‘ra chorak finalga yo‘l oldi.
YeChL, nimchorak final, javob o‘yini
Monako Monako – Manchester Siti Angliya 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 8 Mbappe, 2:0 – 29 Fabino, 2:1 – 71 Sane, 3:1 – 77 Bakayoko.
Monako – Subashich, Radji (Ture, 70), Fabino, Mendi, Jyemerson, Lemar, Bernardu Silva, Mbappe (Moutinyu, 81), Bakayoko, Sidibe, Jyermen (Dirar, 90).
Manchester Siti – Kabalero, Stounz, Klishi (Ixeanacho, 84), Sanya, Kolarov, Silva, Fernandino, de Bryuyne, Sterling, Sane, Aguero.
Ogohlantirishlar: Sanya (11), de Bryuyne (58), Bakayoko (59), Sterling (74), Jyermen (89), Lemar (90).
Birinchi o‘yin: 3:5
Mavzuga oid
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
15:56 / 22.05.2026
«Ketishim sababini so‘ramang». Gvardiola «Siti» bilan xayrlashdi
02:16 / 20.05.2026
Rasman: «Arsenal» 22 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya chempioniga aylandi
16:55 / 19.05.2026