20:50 / 18.03.2017
23340

Uzbek Tigers vs China Dragons: g‘alaba muborak aziz yurtdoshlar!

The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasining VII fasl to‘rtinchi bosqichidan o‘rin olgan Uzbek Tigers jamoasining China Dragons’ga qarshi bahsi poyoniga yetdi. Katta boks kechasi «O‘zbekiston» sport majmuasida bo‘lib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, unda quyidagi bokschilar ringga chiqishdi. 

52 kg: Abrorjon Qodirov           vs               Chang Yong
60 kg: Murodjon Ahmadaliyev    vs               Wang Sen
69 kg: Shahram G‘iyosov                  vs               Liu Wei
81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev       vs               Huang Jiabin 
+91kg: Bahodir Jalolov             vs               Mu Haipeng

Ringga so‘nggi bo‘lib Rio-2016 Olimpiadasi ishtirokchisi, o‘zbek pahlavonlaridan yana biri Bahodir Jalolov +91 kg vazn toifasida Mu Haipeng’ga qarshi ko‘tarildi. 

Bahodir Jalolov muddatidan avval, texnik nokaut bilan uchinchi raundda g‘alaba qozondi. 

The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi chempionatining VII fasl 4-bosqich tarkibida O‘zbekiston sha'nini himoya qiluvchi bokschilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimlarda ringga chiqishdi. 

Mavzuga oid
Top