19:58 / 18.03.2017
11014

Uzbek Tigers vs China Dragons: hisob 2-0

«O‘zbekiston» sport majmuasida The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasining VII fasl to‘rtinchi bosqichida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi XXRning China Dragons’ga qarshi jangi tobora qizg‘in tus olmoqda. 

Ikkinchi bo‘lib ringga 60 kg vazn toifasidagi bokschilar chiqishdi. Rio-2016 bronza medali sovrindori Murodjon Ahmadaliyev Wang Sen’ga qarshi imkoniyatini sinab ko‘rdi. 

Hakamlar qaroriga ko‘ra, Murodjon Ahmadaliyev raqibidan mutlaq ustun keldi. Bokschilarimiz yana bir g‘alaba qozonsa, qolgan janglar natijasidan qat'inazar Uzbek Tigers raqibini mag‘lub etgan hisoblanadi. 

Eslatib o‘tamiz, The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi chempionatining VII fasl 4-bosqich tarkibida O‘zbekiston sha'nini himoya qiluvchi bokschilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimlarda ringga chiqmoqdalar.

Mavzuga oid
Top