20:24 / 18.03.2017
18291

Uzbek Tigers vs China Dragons: o‘zbek boksi muxlislari yana bir g‘alaba muborak

Qadrli katta boks shaydolari «O‘zbekiston» sport majmuasida The World Series Boxing (WSB) VII fasl to‘rtinchi bosqichidan o‘rin olgan Uzbek Tigers va China Dragons jamoalari o‘rtasidagi janglar qizg‘in davom etmoqda. 

Musobaqa reglamentiga muvofiq, bokschilarning har biri 3 daqiqadan besh raund ringga chiqishmoqda.

Ringga uchinchi bo‘lib 69 kg vazn toifasidagi bokschilar – Rio-2016 Olimpiadasining kumush medal sohibi Shahram G‘iyosov va jahon chempionatining bronza medali sovrindori Liu Wei ko‘tarilishdi. 

Hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, Rio-2016 Olimpiadasi kumush medal sohibi Shahram G‘iyosov g‘alaba qozondi. 

Shu bilan Uzbek Tigers jamoasi muxlislarini navbatdagi g‘alaba bilan qutlaymiz. 
Uzbek Tigers vs China Dragons o‘rtasidagi hisob 3-0 o‘zbekistonliklar foydasiga. Navbatdagi janglar natijasi qanday bo‘lishidan qat'inazar jamoa raqibidan ustun keldi, deb hisoblash mumkin. 

Mavzuga oid
Top