Jahon | 19:42 / 19.03.2017
7010
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an germaniyalik jurnalistni terrorchilar josusi deb atadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada qo‘lgan olingan, kelib chiqishiga ko‘ra turk bo‘lgan Germaniya fuqarosi, jurnalist Deniz Yudjyelni terrorchilar josusi deb atadi. Bu haqda Reuters xabar tarqatgan.

«Yaxshiyamki, uni hibsga oldik», — degan u.

U ushbu jurnalist ishi Turkiyadagi mustaqil sud tomonidan ko‘rib chiqilishini ma'lum qilgan.

Deniz Yudjyel fevral oyida terrorchilik faoliyatini olib borishda gumon qilinib qo‘lga olingandi.

Yudjyelning hibsga olinishi Anqara va Berlin munosabatlariga sovuqchilik tushirdi. Germaniya kansleri Angela Merkel jurnalistni ozodlikka chiqarishni so‘ragan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid