Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Koreya GFRga ekologik me'yorlarga mos kelmaydigan avtomobillarni qaytarib yubordi
Koreya respublikasi Germaniyaga 1,5 ming dona Audi va Volkswagen rusumli avtomobillarni qaytarib yubordi. Ushbu avtomashinalar savdosi mamlakatda taqiqlangan edi. "Tona ilbo" gazetasining yozishicha, gap Audi A1 va A3 hamda Volkswagen Golf 1.6 TDI modellari haqida bormoqda. Qaytarib yuborilgan mashinalar Kyongido viloyatidagi Pxyontxek portida ikki yil turganidan so‘ng, ishlab chiqargan mamlakatga qaytarilgan.
"Ushbu avtomobillarni Janubiy Koreyada sotilishi taqiqlangan edi. Bunga mashinalar chiqaradigan zararli gazlar miqdoriga doir ma'lumotlar soxtalashtirilgani bilan bog‘liq mojaro sabab bo‘ldi", - deb yozadi gazeta.
Avvalroq, Koreya prokuraturasi Audi va Volkswagen mazkur avtomobillarni ekologik me'yorlarga javob bermasligini bilgan holda Koreyaga olib kelganini isbotlagan edi. Shu munosabat bilan Audi Volkswagen konsernining Janubiy Koreyadagi 8 nafar xodimiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.
Mavzuga oid
09:40
Germaniya sohillari yonidan ilk bor Rossiyaning «zombi-tankeri» o‘tdi
09:36
Germaniya tarixidagi eng yirik o‘g‘rilik: bankdan 90 mln yevro o‘marildi
16:16 / 30.12.2025
Germaniyada Usmonovga qarshi ochilgan ikkinchi tergov ham to‘xtatildi
15:08 / 30.12.2025