Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh vazir favqulodda qo‘mitaning shoshilinch yig‘ilishini chaqirdi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Londondagi voqealar tufayli favqulodda qo‘mitaning shoshilinch yig‘ilishini chaqirdi. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.
22 mart kunining ikkinchi yarmida avtomobil Vestminster ko‘prigida odamlar ustidan yurib o‘tdi.
Ushbu avtomobil Buyuk Britaniya parlamenti binosi oldigacha borgan, uning ichida necha kishi bo‘lgani ma'lum emas.
Avtomobildan chiqqan shaxslardan biri pichoq bilan qurollangan holda politsiyachiga tashlanib, uni yaralagan. Boshqa bir politsiyachi uni otgan.
Hozircha ushbu hujum oqibatida 2 kishi halok bo‘lgani va o‘nga yaqin kishi jarohatlangani ma'lum.
Bundan oldingi xabarlarda Britaniya bosh vaziri qarorgohi politsiya tomonidan o‘rab olindi, undan chiqish taqiqlangani haqida ma'lumot berilgandi.
Bosh vazir qarorgohi parlament binosidan uncha uzoqda emas. Hukumat rahbari idorasidagilar ma'lum bosh vazir Tereza Mey hayoti xavf ostida emas va bexavotir joydaligi aytishgandi.
Mavzuga oid
23:09 / 28.04.2026
London markazida dunyodagi eng katta kapsulali arzon mehmonxona ochildi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
19:23 / 06.04.2026