Sport | 19:17 / 23.03.2017
17629
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Suriyaga yutqazib JCh-2018 yo‘llanmasidan yanada uzoqlashdi

Malayziyaning Malakka shahrida, Hang Jebat Stadium o‘yingohida JCh-2018 saralashi 6-tur uchrashuvlari doirasida Suriya hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suriyadagi fuqarolik urushi tufayli uchrashuv betaraf maydonga ko‘chirilgandi.

O‘yinda 1:0 hisobi qayd etilib, mezbon maqomidagi suriyaliklarning g‘alaba qozondi.

Tomoshabop o‘tmagan uchrashuvning 88-daqiqasida jarima maydoni ichida Yegor Krimets qo‘pollik ishlatdi va Lobanov darvozasiga penalti belgilandi. Zarbani Panenka uslubida ijro etgan Umar Harbin jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Endilikda Samvel Babayan qo‘l ostidagi jamoa 9 ochkosi bilan uchinchi o‘rinda qolmoqda. O‘zaro uchrashuvda 3 ochko olgan Suriya 8 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda joylashgan.

JCh-2018 saralashi, Osiyo qit'asi
Suriya - O‘zbekiston — 1:0
Gol: Harbin (90 pen)
Suriya: Ibrohim Alma, Ahmad al Solih, Muyid al Ajan, Umro al Midani, Amro Jyenyat, Umar Harbin, Mahmud al Mavoz, Fahad Yusuf, Tamir Haj Muhammad, Mardik Mardikian, Holid Mubayad.
O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov, Yegor Krimets, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Davron Hoshimov, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Server Jyeparov, Jaloliddin Masharipov, Marat Bikmayev, Temurxo‘ja Abduxoliqov.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid