Eng qimmatga tushuvchi oziq-ovqat mahsulotlari nomi e'lon qilindi
Ilmiy jurnalist Marta Zaraska ishlab chiqarilishi uchun juda ko‘p resurs (eng avvalo, suv) sarflanuvchi yetti oziq-ovqat mahsuloti nomini e'lon qildi. New Scientist shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.
Manbaga ko‘ra, bunday mahsulotlarning ilk uchligiga mol go‘shti, krevetka va yong‘oqlar kiradi. Bir kilogramm mol go‘shtini "ishlab chiqarish" uchun taxminan 15 ming litr suv ketadi - bu tovuq go‘shtidan uch karra, bug‘doydan esa 18 karra ko‘p demakdir.
Bir kilogramm tayyor krevetka go‘shtini olish uchun 25 karra ko‘p yem kerak bo‘ladi, shu bois krevetkalar ham mazkur ro‘yxatga kiritildi.
Yong‘oq yetishtirish xuddi mol go‘shti kabi ko‘p suv talab qiladi. Masalan, Kaliforniyada inson tomonidan foydalanilayotgan suv resurslarining taxminan 10 foizi bodom yetishtirishga sarflanadi. Yong‘oq, keshyu, funduq va pista uchun ham deyarli shunday. Zaraska yong‘oqlar orasida suvni tejash uchun eng ma'quli kashtan deb hisoblaydi.
Ko‘p resurstalab oziq-ovqat mahsulotlari qatorida shuningdek kartoshka-fri, qahva, banan va shokolad qayd etilgan.