Jahon | 20:09 / 26.03.2017
19213
4 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Rossiyada korrupsiyaga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

Bugun, 26 mart kuni Rossiyaning 70 shahrida bir necha ming kishi Aleksey Navalniy va Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi fondning «U sizga Dimon emas» filmi bilan bog‘liq aksilkorrupsiya aksiyalarda ishtirok etmoqda. TJ nashri vaziyatni kuzatib, ijtimoiy tarmoqlardagi norozilik namoyishlaridan qator suratlarni taqdim etmoqda.

Moskva

Poytaxtda Tver ko‘chasida aksiya boshlangunga qadar uning ba'zi ishtirokchilari qo‘lga olindi. Tez orada politsiyachilar Aleksey Navalniyning o‘zini ham avtozakka joylashtirishdi.

Manbaga ko‘ra, Pushkin maydonida bir necha ming kishi to‘plangan, politsiya ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz va to‘qmoqlarni qo‘llay boshladi. IIVning Moskva shahri bosh boshqarmasi 7-8 ming ishtirokchi qatnashayotgani to‘g‘risida xabar berdi.

Hozirga qadar 130 ga yaqin ishtirokchining qo‘lga olingani haqida ma'lumot berilgan.

@michaelidov
@parfitt_tom
Nazvaniye
@parfireff

Sankt-Peterburg

Sankt-Peterburgning Mars maydonidagi namoyishda 6-10 ming kishi ishtirok etmoqda. Bir necha kishi qo‘lga olingan, ularning aniq soni haqida ma'lumot yo‘q.

Keyinroq taxminan 2 ming kishining Qishki saroyga yo‘l olgani haqida xabar berildi.

@ars_ves
@merr1k

Yekaterinburg

Yekaterinburgda faollar Mehnat maydonida namoyish o‘tkazishni muvofiqlashtirishga urinishdi, biroq ma'muriyat, keyin esa viloyat va tuman sudlari bu tashabbusni rad etishdi.

Shunga qaramay, shahar markazida, turli baholarga ko‘ra, 2.5 ming kishi to‘plangan. Maydondagi namoyishdan keyin ishtirokchilar Yeltsin markaziga qarab yurishgan.

@hebrewtwi
@_mekeke
@hebrewtwi
@hebrewtwi
74.ru

Chelyabinsk

Chelyabinskda namoyish o‘tkazish taqiqlangani sabab tadbir ishtirokchilari "xalq sayllari" o‘tkazishgan. Ularda mingdan ortiq kishi qatnashdi.

Shahar ma'muriyati faollar so‘rov bergan joyda namoyish o‘tkazishga rozilik bermadi, shu bilan birga uni o‘tkazish uchun muqobil joy ham taklif qilmadi. Meriya vakilining izoh berishicha, 26 mart kuniga shahardagi 80 maydonda ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Nazvaniye

Vladivostok

Primore poytaxti aksilkorrupsiya aksiyalari o‘tgan birinchi shaharlardan biri bo‘ldi. "OVD-Info" ma'lumotiga ko‘ra, bu yerda 40 nafarga yaqin kishi qo‘lga olingan. Qatnashchilarning umumiy soni 1,5 ming kishi deya baholangan.

Frunze tuman politsiya bo‘limi oldida mingga yaqin kishi to‘plandi. Namoyishchilar orasida nafaqat faollar, balki oddiy yo‘lovchilar, maktab o‘quvchilari va nafaqaxo‘rlar ham bor.

@plaxog

Krasnodar

Kuban poytaxtida faollar namoyishni muvofiqlashtirishmadi, ular shahar hukumati tomonidan tasdiqlangan "Yashash uchun 100 sabab" aksiyasiga qo‘shilishga qaror qilishdi. Turli taxminlarga ko‘ra, aksiyada mingga yaqin kishi qatnashgan.

Volgograd

Volgograd aksilkorrupsiya mitingi guruhidan ma'lum qilishlaricha, politsiya 22 kishini qo‘lga olgan. Maxsus politsiya bo‘limi jismoniy kuch qo‘llashga majbur bo‘lib, ba'zilarning qo‘lini sindirishgacha borgan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid