Iqtisodiyot | 23:19 / 28.03.2017
4624
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy xoldingi Tesla’ning 5 foiz aksiyasini o‘zlashtirdi

Xitoyning Tencent xoldingi Tesla kompaniyasining 5 foizini deyarli 1,8 mlrd dollarga sotib oldi. Bu haqda Tencent kompaniyasi AQShning qimmatbaho qog‘oz va birja bo‘yicha komissiyasi uchun bergan bayonotida ma'lum qilgan. 

Hujjatlarga ko‘ra, Tencent 2017 yilning mart oyida Teslaning qimmatli qog‘ozlarini sotib olgan. Shartnoma yakuni bo‘yicha Xitoy xoldingi Tesla rahbari Elon Mask (21 foiz) hamda Fidelity, Baillie Gifford va T. Rowe Price investitsion kompaniyalardan keyingi o‘rinda avtomobil ishlab chiqaruvchining eng yirik aksioneriga aylandi. 

Tencent vakili shartnomani izohlar ekan, Teslani «yangi texnologiyalar yetakchisi», Maskni esa «ishtiyoq, oldindan ko‘ra olish va loyihalarni birlashtirishga qodir klassik tadbirkor», deb atadi. 

«Bizning yutug‘imiz kapitalga ega tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash tajribasi bilan qisman bog‘liq», — deya qo‘shimcha qiladi Tencent kompaniyasi. 

Tesla bu borada ortiqcha izoh bermadi. Shartnoma jarayo1nida avtomobil ishlab chiqaruvchining aksiyalari oshgan— ularning qiymati 2,8 foizga o‘sgan va bir dona uchun 277,8 dollarni tashkil etgan. 2017 yil boshidan beri kompaniya aksiyasi 26 foizga oshgan, deb yozadi WSJ. 

Ayni damda Tesla qarzi2 mlrd dollardan oshadi, kompaniya uni 2018 yil davomida qaytarishi lozim.

Mavzuga oid