Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Navoiy issiqlik elektr stansiyasini kengaytirish loyihasi bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev Navoiy issiqlik elektr stansiyasini kengaytirish loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Quvvati 450 MVt bo‘lgan ikkinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati, «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati va hududdagi qishloq xo‘jaligi iste'molchilarini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash imkonini beradi.
Loyihani amalga oshirish natijasida 1 kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun shartli yoqilg‘ining sarfi kamayishi hisobidan bir yilda o‘rtacha 330 million kub metr tabiiy gaz tejaladi.
«Bugungi kunda viloyatda amalga oshirilayotgan yirik iqtisodiy loyihalar ko‘lamini kengaytirishda elektr energiyasi uzluksizligini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi», dedi davlat rahbari.
Yaponiyaning Mitsubishi Corporation and MHPS konsorsiumi va Navoiy issiqlik elektr stansiyasi o‘rtasida 2016 yil oktabr oyida mazkur loyihani amalga oshirishga doir shartnoma imzolangan edi. Hozirgi kunda Mitsubishi Corporation and MHPS konsorsiumi qurilish maydonida mobilizatsiya va yer ishlarini olib bormoqda.
Bu yerda 112 ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026