Dunyoda birinchi marta bemorga to‘r pardaning donorlik hujayralari ko‘chirib o‘tkazildi
Vako shahri (Yaponiya)da joylashgan Fizik-kimyoviy tadqiqotlar institutidagi olimlar guruhi dunyoda birinchi marta yoshga doir makulodistrofiya qayd etilgan bemorga retsipiyentning donorlik plyuripotent hujayralaridan yetishtirilgan hujayra to‘r pardani ko‘chirib o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Operatsiyaning noyobligi shundaki, ilgari bunday aralashuvlar faqatgina bemorning o‘z to‘qimalarini qo‘llash orqali o‘tkazilgan. Hi-News nashri shu haqida ma'lum qildi.
Yoshga doir makulodistrofiya (YoDM)da to‘r pardaning markaziy bo‘limi - makulaga ziyon yetadi. Makula ko‘rish qobiliyatining shakllanishida asosiy rollardan birini o‘ynaydi. YoDM - ko‘pincha 60 yoshdan oshgan kishilardagi ko‘rish qobiliyatining pasayishiga sabab bo‘luvchi omil. Faqtgina markaziy ko‘rish qobiliyatiga ziyon yetganda odamlar kamdan-kam hollardagina ko‘rish qobiliyatidan butunlay mahrum bo‘lishadi. YoDMda o‘qish, avtomobil boshqarish yoki mayda detallarni farqlash talab qilinadigan boshqa ishlarni bajarish qiyinlashadi. YoDM xavfi yosh o‘tgan sari oshib boradi va 75 yoshga kelib deyarli 30 foizga yetadi.
Qayd etilganidek, ilgari ko‘chirib o‘tkazish autotransplantat (bemorning o‘z to‘qimalari) yordamida amalga oshirilar edi, biroq maxsus muhitda yetishtirilgan donor hujayralarini qo‘llash iqtisodiy nuqtai nazardan ancha foydali: operatsiya nisbatan arzonga tushadi va unga bir necha barobar kam vaqt talab qiladi.
Yangi texnologiya qo‘llangan birinchi bemor 60 yoshdan oshgan Yaponiya fuqarosi bo‘ldi. Operatsiya bir soat atrofida davom etdi: bu vaqt ichida bemorning o‘ng ko‘ziga taxminan 250 000 donor hujayralaridan iborat 0,05 millilitr suyuqlik joylangan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, operatsiya yaxshi o‘tgan, biroq g‘alabani faqat bir necha yildan keyingina nishonlash mumkin. Endi bemor yil davomida shifokor kuzatuvi ostida bo‘ladi, kelgusi uch yil davomida esa u muntazam ravishda tibbiy tekshiruvlardan o‘tishiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
15:46
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
19:30 / 12.11.2024
Yong‘oqlar orttirilgan aqliy zaiflikka chalinish xavfini kamaytiradi - tadqiqot
10:56 / 07.11.2024
Pomidordan qulupnaygacha. Marsda yashay oladigan 8 ta o‘simlik ma’lum qilindi
17:18 / 05.11.2024