Marsni özlaştirişga tösqinlik qilayotgan muammolardan biri — nafaqat yaşab qoladigan, balki sayyoradagi oğir şaroitlarni özgartira oladigan çidamli ösimliklarni topişdir. Qiziği, Yerda bunday ösimliklar köp. Mutaxassislar kamida 8 ta şunday ösimlik turini aniqladi, deb yozmoqda Interesting Engineering.

1. Şirin kartoşka

Marsda yetiştiriş uçun eng yaxşi nomzodlardan biri şirin kartoşka hisoblanadi. U ğoyat moslaşuvçan va ozuqaviy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Uning çidamli tugunaklari ozuqaviy jihatdan qaşşoq tuproq şaroitida ham ösib, yuqori hosil beradi. Bundan taşqari, ösimlik boşqa ekinlarga nisbatan kamroq suv talab qiladi. U qurğoqçilikka bardoş beriş uçun namlikni özida töplay oladi.

Foto: Craig Newcomb for Virginia Tech

2. Çöl yösinlari

Yana bir kuçli da’vogar çöl yösinidir, çunki u halokatli şaroitlarda ham yaşab qoliş qobiliyatiga ega. The Innovation jurnalida çop etilgan tadqiqotga köra, ösimlik −196 gradusgaça sovuqqa va yuqori darajali gamma nurlanişga çidaydi.

Foto: Wikimedia Commons

3. Karam

Jingalak karam (Brassica oleracea var. sabellica) aslida sun’iy yaratilgan Mars tuproğida oddiy yerga qaraganda yaxşiroq ösadi. Bunday holatlarda u ta’mi jihatidan farq qilmaydi va özining xususiyatlarini saqlab qoladi: tarkibida köp miqdorda kletçatka va minerallar mavjud. Biroq olimlar ösimlik begona tuproqdan me’yoridan ortiq temir özlaştirib olişi mumkinligidan xavotirda.

Foto: Wikimedia Commons

4. Qulupnay

Afsuski, Mars tuproğida barça zarur ozuqa moddalar yöq va u zaharli perxloratlar bilan töyingan, şu sababli qulupnayni an’anaviy usulda yetiştiriş imkonsiz. Lekin olimlar umidni yöqotmadi hamda an’anaviy tuproqsiz ham, odatdagidan 95 foiz kam suv sarflab, rezavor mevani yetiştiriş yölini öylab topdi.