Yong‘oqlar orttirilgan aqliy zaiflikka chalinish xavfini kamaytiradi - tadqiqot
Dunyoda 55 million kishi demensiyadan aziyat chekadi, hozircha unga qarshi dori mavjud emas.

Foto: Shutterstock
Britaniyaning Biobank servisi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda yong‘oq iste’moli demensiya rivojlanishi xavfini pasaytirishi aniqlandi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 55 million kishi demensiyadan aziyat chekadi. Yiliga 10 millionga yaqin yangi holat qayd etilmoqda, 2050 yilga kelib ularning soni uch baravarga ko‘payishi mumkin.
Demensiya nima?
Demensiya — orttirilgan aqliy zaiflik, u ilgari o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarning yo‘qolishi, aqliy qobiliyatlar yomonlashuvi bilan tavsiflanadi. Kasallik xotira, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatidagi muammolar bilan o‘zini namoyon qiladi. Bunday insonlar uchun hatto oddiy kundalik vazifalarni bajarish ham qiyinlashadi: o‘ziga qarash, ovqat tayyorlash va yaqinlari bilan muloqot qilish kabi ishlar ularga murakkab tuyuladi.
Orttirilgan aqliy zaiflik turli sabablar, jumladan, Alsgeymer kasalligi yoki qon-tomir kasalliklari tufayli yuzaga kelishi mumkin. Kasallik rivojlanib borgani sari, odamlar yaqinlarini tanish va his-tuyg‘ularini boshqarish qobiliyatini yo‘qotadi. Endi ularga g‘amxo‘rlik qilish ham qiyinlashadi.
Hozircha demensiyaga qarshi dori yo‘q, mavjud davolash usullari esa faqat vaqtincha simptomlarni yengillashtiradi. Shuning uchun olimlar profilaktika usullarini qidirmoqda.
Tadqiqot
UK Biobank (tibbiy, genomik va boshqa biologik ma’lumotlarni saqlovchi servis) olimlari Buyuk Britaniyaning katta yoshdagi aholisi orasida yong‘oq iste’moli bilan demensiya rivojlanish xavfi o‘rtasidagi aloqani o‘rgandi.
Ular umumiy xususiyatga ega odamlarning ma’lumotlarini o‘rganib chiqdi. Loyihada 40−70 yosh oralig‘idagi 50 386 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ular yong‘oq iste’mol qilish-qilmasligi, odatlari, sog‘liqlari va demensiya tashxisi bor-yo‘qligi haqida ma’lumot berdi.
Tadqiqotning dastlabki bosqichida demensiya aniqlangan ishtirokchilar sinovdan chetlashtirildi — bu tadqiqot natijalari kasallikning yangi holatlarini aniq aks ettirishi uchun zarur edi. Yong‘oq iste’molini baholash Oxford WebQ maxsus so‘rovnomasi yordamida o‘tkazildi.
Olimlar demensiya rivojlanishining oldini olish uchun to‘g‘ri ovqatlanish ahamiyatini baholadi. Ularning fikricha, tarkibida antioksidantlar va yallig‘lanishga qarshi moddalar bo‘lgan o‘simlik mahsulotlariga boy taomlar ayniqsa foydali.
Shu sababli ular O‘rta dengiz parhezini tavsiya etmoqda, chunki bu parhez asosan meva-sabzavotlar, to‘liq donli mahsulotlar va foydali yog‘lardan iborat. Olimlarning fikricha, bu orttirilgan demensiya xavfini pasaytirishi mumkin. Yong‘oqlar ushbu parhezning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi — ular miya faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi elementlarga boy.
Ishtirokchilar ikki asosiy guruhga ajratildi: birinchisi muntazam ravishda yong‘oq iste’mol qiladiganlar, ikkinchisi esa ulardan butunlay voz kechganlar. Batafsil tahlil o‘tkazish maqsadida tadqiqot mualliflari yong‘oq iste’molini miqdoriga qarab uch toifaga bo‘ldi: yong‘oq iste’mol qilmaydiganlar, kuniga bir hovuchdan kam iste’mol qiladiganlar va undan ko‘p iste’mol qiladiganlar. Shu tariqa yong‘oqni ko‘proq miqdorda iste’mol qilish biror afzallik beradimi yoki yo‘qligi aniqlandi.
Natijalar
45-59 yosh (o‘rta yosh) va 60-74 yosh (keksa) guruhidagi odamlar orasida har kuni yong‘oq iste’mol qiladiganlarda demensiya rivojlanish xavfi, yong‘oq iste’mol qilmaydigan kishilarga nisbatan 12 foiz pastligi aniqlandi. Olimlarning ta’kidlashicha, ayniqsa tuzlanmagan bodom va keshyu eng foydali hisoblanadi. Biroq kuniga bir hovuchdan ortiq iste’mol qilish qo‘shimcha foyda keltirmaydi.
Yong‘oqlarning foydasi ayollar, keksa odamlar, chekmaydigan va zararli odatlari yo‘q kishilar uchun yanada yuqoriroq bo‘lib chiqdi.
Shu bilan birga, tadqiqotchilar yong‘oq iste’moli haqidagi ma’lumotlar sub’yektiv baholarga asoslanganini ta’kidladi, unda xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi ham mumkin. Bundan tashqari, tadqiqot faqat kuzatuv xususiyatiga ega.
Xulosa qilib aytganda, yong‘oqlarning ta’sir mexanizmlari hanuz noaniq bo‘lib qolmoqda, yanada aniqroq xulosalar uchun klinik sinovlar o‘tkazish zarur. Biroq umuman olib qaraganda, ularning foydasiga shubha yo‘q.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi
Jahon | 01:04
-
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Jahon | 00:32
-
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi
Fan-texnika | 00:20
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16 / 11.04.2025
Mavzuga oid

21:26 / 08.04.2025
Olimlar ifloslangan havo keksalar miyasiga zarar yetkazishini aniqladi

08:02 / 05.04.2025
Olimlar bonobo maymunlarining «tili»ni o‘rganib chiqishdi

11:30 / 24.03.2025
O‘smirlarda internetga qaramlik giyohvand moddalarga qaramlik bilan tenglashtirildi

00:10 / 23.03.2025