Özbekiston Respublikaçi Içki işlar vaziri Abdusalom Azizov Senatda içki işlar organlarining jinoyatçilikka qarşi kuraşiş va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyati töğrisidagi hisobotni taqdim etdi.

Uning sözlariga köra, respublika içki işlar organlarining ötgan yildagi faoliyati mamlakatda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaşga, huquqbuzarliklarning oldini olişga, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş samaradorligini oşirişga, jamoat tartibi saqlanişini ta'minlaşga, fuqarolar huquqlarini himoya qilişga, jamoatçilik bilan aloqalarni yanada mustahkamlaşga, faoliyatning şu sohalarida aniq natijalarga erişişga qaratildi. 

“Içki işlar organlari faoliyatini taşkil etişga zamon talablariga javob beradigan yangi yondaşuvlarni tatbiq etiş, jinoyatçilikka qarşi kuraşişga jamoatçilikning keng qatlamlarini jalb qiliş, profilaktika inspektorlarining bevosita aholi orasida iş olib borişini taşkil etişga doir çora-tadbirlarni amalga oşiriş natijasida joriy yilning ötgan davri mobaynida respublikaning 5 253 ta mahallasida birorta ham jinoyat sodir etilmadi”, - deya ta'kidlab ötdi u.

Jinoyatning asosiy körsatkiçlari, şu jumladan, avval sudlanganlar, jinoyatçi guruhlar va voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan öta oğir jinoyatlar, huquqbuzarliklar soni ança kamayişiga erişildi. Azizovning sözlariga köra, şaxsga qarşi jinoyatlarni oçiş va tergov qilişda, giyohvand moddalar noqonuniy aylanişiga, odam savdosiga, terrorizmga, diniy ekstremizmga va uyuşgan jinoyatçilikka, şuningdek, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga qarşi kuraşişda muayyan ijobiy natijalarga erişildi. 

Şu bilan birga, vazirning ta'kidlaşiça, joriy yilning 9 fevralida IIV organlari xodimlari bilan bölib ötgan yiğilişda davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalardan içki işlar organlari, vazirlik rahbariyati tegişli xulosalar çiqarib oldi. Içki işlar organlari faoliyatidagi mavjud muammolar va kamçiliklarni hal qiliş, huquqbuzarliklarning oldini olişga doir işlarni tubdan yaxşilaş, mamlakatda huquqiy tartibotni ta'minlaş böyiça keng kölamli işlar taşkil etildi. 

“Xususan, profilaktika inspektorlari faoliyatini baholaşning reyting tizimiga asoslangan mezonlari işlab çiqildi, içki işlar organlari barça böğinlari rahbarlari tomonidan aholi oldida muntazam hisob beriş amaliyoti joriy etildi. Içki işlar organlarining faoliyatini tubdan isloh qiliş, içki işlar organlari xizmatini bevosita aholi punktlarida taşkil etiş orqali jinoyatçilikka qarşi kuraşiş samaradorligini oşiriş yuzasidan takliflar tayyorlandi. Joylarda huquqbuzarliklarning oldini oliş, profilaktika inspektorlarini ular faoliyatiga xos bölmagan yumuşlardan ozod qiliş, ularning jamoatçilik bilan aloqalarini kuçaytiriş böyiça muntazam işlarni taşkil etişga alohida e'tibor qaratilmoqda”, - deya ta'kidlab ötdi u.

Jinoyat sodir etganligi uçun qidiruvda bölgan şaxslarni aniqlaş va qölga oliş, huquqni muhofaza qiluvçi boşqa organlar va sudlar bilan hamkorlikda jinoyatlarni foş qiliş borasidagi işlarni yaxşilaş maqsadida idoralararo işçi guruhlar tuzildi. Jinoyatlarni sodir etiş sabablari, şart-şaroitlari va omillarini örganiş böyiça işlar taşkil etildi. Sodir etilgan har bir jinoyat holatlarini muhokama qiliş uçun yiğilişlar muntazam ötkazib kelinmoqda. Mazkur yiğilişlarda içki işlar organlari rahbarlari, profilaktika inspektorlari va mahalla faollari iştirok etmoqda. 

Abdusalom Azizov davlat rahbari taşabbusi bilan ötkazib kelinayotgan jinoyatçilikning oldini oliş va profilaktika kunlari öziga xos samara berayotganligini alohida qayd etdi.

Keng jamoatçilik, hokimliklar, huquqni muhofaza qiliş organlari vakillari iştirokida har payşanba kuni taşkil etiladigan jinoyatlarning oldini olişga doir kompleks tadbirlar, xususan, yoşlar va voyaga yetmaganlar örtasidagi ma'naviy-ma'rifiy işlar samaradorligini oşiriş, ularni qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalaş, ta'lim muassasalari öquvçi va talabalarining maşğulotlarda qatnaşiş davomatini muhokama qiliş, bu borada tartib örnatiş yuzasidan ta'lim muassasalari ma'muriyati va ota-onalar javobgarligini oşiriş böyiça taşkiliy-tuşuntiriş tadbirlari özining ijobiy natijalarini bermoqda.