Qaysi elektrokarni tanlagan ma'qulroq: Tesla, Porsche, Audi yoki Mercedes
Elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Tesla kompaniyasi o‘zining ilk ommaviy modelini ishlab chiqarishga tayyorlanar ekan, boshqa yirik kompaniyalar ham bu borada ortda qolishni istamayapti, aksincha, o‘z elektromobillarining kontseptlarini ishlab chiqmoqda. Ayrimlari loyihalash ishlarini poyoniga yetkazayotgan bo‘lsa, boshqalarining modeli 2020 yilda tayyor bo‘ladi. Shunday ekan, dastavval, Tesla mijozlariga nima taklif qilayotganini yodga olsak.
Birinchi modeli bu — Model X krossoveri.
Tesla Model X 381 kilometrga yeta oladi. Akkumulyator quvvati: 75 kVt/soat bo‘lib, 0-100 km/soat tezlikka 6 soniyada erishadi. Eng yuqori tezligi 209 km/soat. Narxi 88 800 AQSh dollari turadi.
Xaridorlarga, shuningdek, dabdabali Model S sedani ham taklif etiladi.
Tesla Model S 351 kmga yetadi. Akkumulyator hajmi 60 kVt/soat. To‘xtab turgan joyidan 100 km/soat tezlikka 5,2 soniyada erishadi. Eng yuqori tezligi 209 km/soat. Uning narxi 73 800 dollardan boshlanadi. Endi bu modellarni ushbu kompaniya tomonidan ishlab chiqarilishi kutilayotgan arzonroq Tesla elektrokari bilan qiyoslaymiz.
Tesla Model 3 346 kmga yetadi. 0 dan 100 km/soat tezlikka 6 soniyada erisha oladi. Narxi 35 000 dollardan boshlanadi.
Quyida Tesla kompaniyasi bilan raqobat qila oladigan kompaniyalar uchligi xususida. Ular mijozlarga nima taklif eta oladi?
Porsche Mission E.
Bu model ilk marotaba 2015 yilda namoyish etilgan edi. Uni 2020 yilda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Aytish joizki, ushbu model tavsifi Tesla namunasidan ancha yuqoridir. Porsche Mission E 500 km masofaga yetadi. Akkumulyator sig‘imi 440 kVt/s. 0 - 100 km/soat tezlikka 3,5 soniyada erishadi. Eng yuqori tezligi 250 km/soat bo‘lib, qiymati hozircha noma'lum.
Audi 3 Sportback e-tron.
Audi 3 Sportback e-tron — bu to‘liq elektromobil emas, aksincha gibrid transport vositasidir. U o‘zida an'anaviy dvigatel va elektromotor bilan jihozlangan. Elektromotor vositasida 148 kmga yetib olish mumkin. Akkumulyator sig‘imi 26,5 kVt/soatni tashkil etadi. Eng yuqori tezligi soatiga 143 km bo‘lib, 38 900 dollar turadi.
Mercedes Generation EQ. Ushbu hashamatli Mercedes elektrokari 2019 yilda bozorga chiqariladi. Uning tavsifi bilan qiymati o‘zaro taqqoslanadigan bo‘lsa, unchalik ham qimmat emas. Atigi 45 ming dollar turadi. Bir marta quvvatlanish bilan 500 kmga yetadi. Akkumulyator sig‘imi 300 kVt/soat bo‘lib, 100 km/soat tezlikka 3 soniyada erishadi.
Biz esa, xaridorlar muhabbatini yuqoridagi kompaniyalardan qay biri qozonishini kuzatamiz.
Mavzuga oid
19:34 / 20.11.2024
Germaniyada Tesla zavodi qurilishiga qarshilar daraxtlardan tushishni xohlamayapti
23:39 / 08.11.2024
Tesla kapitalizatsiyasi 1 trln dollardan oshdi
10:57 / 07.11.2024
AQShda dunyodagi eng tezkor politsiya mashinasi taqdim etildi
14:06 / 26.10.2024