Sel intensiv va davomli jala, muzliklar yoki mavsumiy qor qoplamlarining şiddat bilan erişi natijasida yuzaga keladi. RIA "Novosti" 2010-2017 yillar orasida röy bergan eng vayronkor sellar röyxatini taqdim etdi.

2017 yil 1 aprelga ötar keçasi Kolumbiyada öz qirğoqlaridan çiqib ketgan Mokoa, Sangoyako va Mulatos daryolari sel oqimlarini keltirib çiqardi. U 45 ming aholiga ega Mokoa şahrining 17 tumanida qayd etildi. Halok bölganlar haqidagi sönggi ma'lumotlar 254 kişining ölimidan dalolat beradi. Şuningdek, mahalliy Qizil Hoç ma'lumotlariga köra, yana 400 kişi jarohat olgan, 220 nafari bedarak yöqolgan deb topilgan.
2016 yilning may oyi oxirida Qirğizistondagi Qadamjoy tumanida biryöla bir neça sel oqimlari qayd etilgan. 84 xonadon suv ostida qolgan, bundan taşqari, 95 uyning hududini suv bosgan. Tabiiy ofat 25 kilometr yölni yuvib ketgan, 12 köprikni vayron qilgan, elektr uzatiş liniyalari va 21 avtomaşinaga ziyon yetkazgan. 5 nafar kişi halok bölgan, bir bola bedarak yöqolgan.
2015 yilning iyunida anomal issiq havo muzliklarning erişiga olib keldi, natijada Tojikistonning toğli hududlariga sel oqimlari keldi. Tabiiy ofatdan körilgan umumiy zarar hukumat tomonidan 600 million somoniy (taxminan 92 million dollar)ga baholangan. Sel oqimlari natijasida 8 nafar kişi halok bölgan.

2014 yilning may oyi oxirida Xitoyning janubida juda kuçli sel yomğirlari yoğdi. Tabiiy ofat eng köp Guançjou, Çjaotsin va Tsin'yuan şaharlariga ziyon yetkazgan. Daryolar qirğoqdan oşib, sel oqimlarini hosil qilgan. Natijada 16 tezkor magistral yopilgan, 1.1 mingdan ziyod uy vayron bölgan. 19 kişi halok bölgan, yana 7 nafari bedarak yöqolgan. Bunday kuçli yoğinlar provinsiyada yuz yilda bir marta qayd etiladi.















