2011 yilning 12 noyabridan 2012 yilning 9 apreligaça Özbekiston va Qozoğiston çegara hududlari, xususan Yuqori Çirçiq va Çimkentda ketma-ket 11 nafar ayolning murdasi qotillik alomatlari bilan topiladi. Öldirilganlarning 6 nafari Özbekiston, 4 nafari Qozoğiston va 1 nafari Ukraina fuqarosi edi. Mazkur jinoyat öşa paytda ikki davlatning çegara hududlarida yaşovçi aholi orasida “odamxör” paydo bölgani haqida şunçalik şov-şuv keltirib çiqaradiki, ayollar uyidan çiqişga, yolğiz yurişga qörqib qoladi.

“Çaqilmagan yonğoq” va sirli dalil

2011 yilning oxiri va 2012 yilning boşida Qozoğistonning Janubiy Qozoğiston viloyatidagi ovloq joylardan ketma-ket tört ayolning murdasi qotillik alomatlari bilan topiladi. Bu paytda Özbekistonda ham şu kabi holat kuzatilgan, 7 nafar ayol navbati bilan öldirib ketilgandi. Öldirib ketilgan ayollarning eng kiçigi 21, eng katta esa 53 yoş bölgan.

Mazkur jinoyat öşa paytda ikki davlatning çegara hududlarida yaşovçi aholini qörquvga sola boşlaydi. Sababi, hali u yerdan, hali bu yerdan öldirilib ketilgan ayolning murdasi topilar, ammo qotillarni izlaşdagi harakatlar natija bermayotgan edi. Sirli jinoyatçilar haqidagi gap-sözlar tildan tilga köçib, “odamxör paydo bölibdi, ayollarni öldirib, qonini sörib ketarkan” degan vahimaga aylanadi. Xotin-qizlar köçaga çiqişga, yolğiz yurişga qörqib qolişadi.

Kalavaning uçini topiş tobora çigallaşib borar, qotillarning iziga tuşiş qiyin keçayotgan bir paytda yangi qurbonlar topilgani haqidagi xabarlar tarqalardi. Ikki davlatdagi qotilliklar bir-biriga öxşaş, ya’ni qotillik uslubi bir xil edi: ayollar avvaliga zörlangan va keyin böğib öldirilib, yonidagi pul hamda boşqa buyumlar olib ketilgan. Bu mazkur qotilliklar bitta jinoiy töda tomonidan amalga oşirilgan, degan taxminni yuzaga çiqaradi.

Ikki qöşni davlatning tezkor xodimlari oldida “çaqilmagan yonğoq” turardi: jinoyatlar bir-biriga boğliqmi, qotillar kim va nega faqat ayollarni öldirişgan? “Piçoqqa ilingulik” yagona dalil ayollardan biri öldirilişidan oldin Çimkentdagi temiryöl vokzalidan çiqib, qora rangli “Mercedes-Benz” maşinasiga minib ketgani edi.

Manziliga yetmagan yölovçi

29 yoşli Yekaterina Tişkunova 2011 yilning 19 dekabr kuni Çimkentdagi temiryöl vokzalidan çiqib, izsiz ğoyib böladi. U ikki kun oldin Qarağanda şahriga singlisini körgani ketgan va öşa yerdan mehmondorçilikdan qaytayotgandi.