Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada zilzila qurbonlari soni 79 kishiga yetdi. Erdo‘g‘an uyidan ayrilganlarning barchasiga yangi uy berilishini aytdi
Turkiyaning Izmir viloyatida yuz bergan kuchli zilzila qurbonlari soni 79 nafarga yetdi. Jarohatlanganlar umumiy soni esa 962 nafargacha oshgan.
Bu haqda 2 noyabr kuni Turkiya hukumati huzuridagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi xabar berdi.
Jarohat olgan 962 kishidan 743 nafari davolanib chiqishga ulgurdi, 219 kishi esa hali ham kasalxonada qolmoqda. Ma'lum qilinishicha, qidiruv-qutqaruv ishlari 8 ta ko‘p qavatli uy xarobalari ichida olib borilmoqda.
Qutqaruvchilar tomonidan hozirgacha yiqilgan uylar ostidan olib chiqilgan odamlar soni 105 nafarga yetdi. Shuningdek, zilziladan 58 soat o‘tib, dushanbaga o‘tar kechasi xarobalar orasidan 14 yoshli qizni qutqarib olishgan.
6,7 magnitudali zilzila 30 oktyabrda Egey dengizida, Samos orolidan 19 km shimolda qayd qilingan. Uning kuchi Afina va Istanbulda sezilgan. Yer silkinishlari Izmirda 20 ta uy qulashiga olib kelgan. Shuningdek, Gretsiyaning Neon-Karlovasi shahriga ham talafot yetgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha resurslar sarf qilinishi hamda uylaridan ayrilgan barcha fuqarolarga yangi uylar berilishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
16:10 / 13.03.2026
Ukrainada Rossiya o‘qqa tutishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026