Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi yana 10 yilga ham bormay tarqalib ketadi, çunki bu ittifoqqa a'zo mamlakatlar yetakçilari öz dunyoqaraşlarini özgartirişadi. Rossiya esa alal-oqibatda Yevropa davlati ekanligini borasidagi faktni tan oladi. Gazeta.Ru’ga bergan intervyusida taniqli sovetşunos Zbignev Bjyezinskiy şunday taxminni ilgari surgan.
Amerika siyosatşunosligi piri, geostrateg va "buyuk fitna soçuvçi", AQŞning sobiq prezidenti Jimmi Karter ma'muriyatining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi bölib işlagan Zbignev Bjyezinskiy Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining tez orada tanazzulga yuz tutişidan ogohlantirdi.
"Men Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi yana 10–20 yil yaşaşiga işonmayman, ayniqsa, uning mavjudligi jarayonida yetakçi rahbarlar öz dunyoqaraşini özgartirişsa", — degan Gazeta.Ruga intervyu bergan siyosatşunos.
Uning özlariga köra, Rossiyaning ğarbiy Yevropa davlatlari bilan munosabatlari me'yorga kelganidan söng, Rossiya tomonidan u Yevroosiyo emas, aynan Yevropa davlati ekanligi tan olinsa, Yevroosiyo ittifoqiga ehtiyoj qolmaydi.
Xohlovçilar röyxati uzaydi
Avvalroq Bojxona ittifoqi, endi Yevroosiyo ittifoqi taqdiri borasida Bjyezinskiy bunday qarorga ilk bor kelayotgani yöq. MDH davlatlari Yevroosiyo ittifoqiga qöşilişni köp ham istaşmasligini Bjyezinskiy 2012 yilning dekabrida, AQŞ kongressida çiqiş qilganida ham aytib ötgan edi.
"Yevroosiyo ittifoqiga kim ham qöşilişni istardi? Fikrimça, bu röyxat unçalik uzun bölmaydi", — degan edi öşanda siyosatşunos.
Ehtimolli nomzodlardan biri — Gruziya, lekin Rossiya bilan ittifoq Boku–Jayhon neft quvurining muhimligi nuqtai nazaridan, bu qadam ularning AQŞ bilan döstona munosabatlariga rahna solişi mumkin".
Bjyezinskiy öşanda "Yangi körinişdagi SSSR"ga qöşiliş uçun Markaziy Osiyo davlatlarida hammadan ham qamroq rağbati borligini taxmin qilgan edi. "Nazarboyev yetakçiligidagi Qozoğiston? Yöq, bu juda şubhali. U Rossiya, Xitoy va boşqa davlatlar örtasida ustalik bilan harakat qiladi. Karimov va Özbekiston? Buning ehtimoli öta past — Özbekiston davlat mustaqilligi masalalarida juda qat'iy siyosatga ega", — deya başorat qilgan edi Bjyezinskiy 2012 yilda.
Uning aytganlaridan nimalar amalga oşdi? Gruziya YeOII a'zosiga aylanmadi va bu mavzu ular uçun batamom yopildi. Lekin Yevroosiyo ittifoqiga şu ötgan yillar içida Armaniston va Qirğiziston qöşildi.








