Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda 3 kunlik motam e'lon qilindi
Sankt-Peterburg hukumati metrodagi portlash qurbonlari xotirasiga 4 aprel kunidan 3 kunlik motam e'lon qildi. Shahar gubernatori Georgiy Poltavchenkoning shu haqdagi qarori e'lon qilingan.
Bundan tashqari, bugun Sankt-Peterburgda shahar transportining barcha yo‘nalishlariga odamlarni bepul tashish haqida ko‘rsatma berilgan.
Uber taksi xizmati hodisa yaqinida bo‘lgan barcha peterburgliklarga bepul xizmat ko‘rsatishga tayyorligini ma'lum qildi. «Yandeks» kompaniyasi esa «Yandeks.Taksi» bo‘yicha Peterburgdagi barcha hamkorlaridan «imkon qadar ko‘proq avtomobillarni yo‘lga chiqarish» haqida iltimos qilgan.
3 aprel kuni metroning «Sennaya ploshchad» va «Texnologicheskiy institut» bekatlarida portlash ro‘y bergani xabar qilindi. Ammo metroda faqat bitta portlash sodir bo‘lgani, poyezd bir bekatdan ikkinchisiga yurganida uchinchi vagon portlagani oydinlashdi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi va 22 kishi jarohatlandi.
Mavzuga oid
17:35 / 01.01.2026
Shveytsariyadagi kurortda portlash: o‘nlab insonlar vafot etgani aytilmoqda
10:52 / 26.12.2025
Makriddagi tog‘ portlatilishi bo‘yicha izoh berildi: uy va maktab devorlaridagi yoriqlar qo‘shimcha tekshiriladi
22:28 / 25.12.2025
Qashqadaryoda tog‘ portlatildi - arz qilganlar qo‘rqitilib, holatga "ko‘nikish" tavsiya qilindi
14:25 / 24.12.2025