21:07 / 04.04.2017
22782

Video: 4000 ot kuchiga ega Corvette 360 km/soat tezlikda «uchib ketdi»

YouTube saytining Urban Hillbilly Videos sahifasida Oklaxoma shtati Talsa shahrida joylashgan Amerika dreg-striplaridan birida olingan video joylashtirildi. Unda 4000 ot kuchiga ega «Korvet» mashinasi negizida ishlab chiqilgan avtomobil soatiga 360 km tezlikda havoga uchgani aks etgan. 

Rolikda Alepa Racing jamoasi tomonidan qayta jihozlangan Chevrolet Corvette mashinasining harakatlanishi qayd etilgan. Pilot Deniyel Farris boshqargan avtomobil yarim finalga chiqqani sababli 200 metrlik masofada o‘tkaziladigan musobaqada qatnashishi kerak edi. Mashina masofaning oxirlariga kelganida havoga ko‘tarilib, kuzovning old panellari tushib ketgan hamda bir necha o‘n metr balandlikdan asfaltga qulagan. Haydovchi jabrlanmagan. 

Halokatga qaramay, elektronika Farrisning finish chizig‘ini bosib o‘tganini qayd etdi. U bu masofani 4,6 soniyada bosib o‘tdi. Mashina tezligi masofa oxirida soatiga 365 km bo‘lgan. 

Mavzuga oid
Top