Fan-texnika | 19:40 / 05.04.2017
9523
2 daqiqa o‘qiladi

Maxsus BMW i3 va i8 mebel dizaynerlariga bag‘ishlandi

Foto: motor.ru

Germaniyaning BMW kompaniyasi navbatdagi qo‘shma loyihasini taqdim etdi. U Garage Italia Customs firmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Italiya firmasiga Fiat kompaniyasining sobiq bosh menejyerining farzandi Lapo Elkann rahbarlik qiladi. Yangi mashinalar 1980 yillarda faoliyat yuritgan Memphis Group dizaynerlik guruhiga bag‘ishlangan. 

Loyiha i8 gibrid sportkari va i3 elektr xetchbeki negizida ishlab chiqishgan. Ikkala mashinaning kuzovi ham ajoyib tuslarga bo‘yalgan. Uning intereri Memphis Group ishlarini yodga solishi kerak. 

Loyihaga Memphis Group a'zolaridan biri Mishel De Luchchi ham jalb etilgan.

O‘z sharafiga maxsus i3 va i8 mashinalari bezalgan dizaynerlar guruhi 1981 yilda Milanda tashkil etilgan edi. U hashamatli va dabdabali mebellar va boshqa interer jihozlarining dizayni bilan shug‘ullangan. 

Ta'kidlanishicha, bu BMW va Garage Italia Customs firmasining ilk qo‘shma loyihasi emas. 2016 yil sentabrida i3 va i8 modellarining ko‘k va to‘q kulrang tusga bo‘yalgan hamda puantilizm uslubida ishlangan namunalari taqdim etilgan edi.

Mavzuga oid