Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburg terakti effekti. Toshkent metrosida xavfsizlik choralari kuchaytirildi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri metro bekatida sodir etilgan portlashdan so‘ng, Toshkent metropolitenida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shu haqda ma'lum qilindi.
IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston IIV rahbariyati shaxsan metro bekatlarining har birini ko‘zdan kechirgan va xavfsizlik hamda qo‘riqlash xizmati sifati bilan bevosita tanishgan. Ta'kidlanishicha, bugungi kunda metroning barcha bekatlariga kirish joylarida militsiya xodimlari yo‘lovchilarni temir topgich vositalar bilan ko‘zdan kechirishi yo‘lga qo‘yilgan.
Bundan tashqari, yaqin kunlarda bekatlarning har biri temir topgich maxsus romlar o‘rnatish masalasi ham o‘rganilmoqda. Toshkent shahar hokimligi va IIBB bilan hamkorlikda bu masala tez kunlarda o‘z yechimini topishi aytildi.
Brifingda ishtirok etgan Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim katta prokurori Erkin Yo‘ldoshevning ta'kidlashicha, terrorizmga qarshi kurash masalasiga nafaqat Toshkent shahrida, balki Respublikaning barcha hududlarida bir necha yillardan buyon jiddiy e'tibor qaratiladi. Huquqni muhofaza qiluvchi barcha idoralar bu borada o‘z mas'uliyatlarini his qilgan holda ish olib bormoqda.
Ma'lumki, 3 aprel kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg metrosi bekatida portlash ro‘y bergan, buning oqibatida 14 kishi hayotdan ko‘z yumgan edi.
Mavzuga oid
16:48 / 15.05.2026
“Kichik yo‘lda 120 km/soat tezlikda haydadi” – Xorazmda mast holda mashina boshqargan IIB xodimi YTHga uchradi
10:39 / 02.05.2026
Jinoyatni bosdi-bosdi qilib berishini aytib pul olgan IIB xodimi ushlandi
17:00 / 28.04.2026
“Egnidagi formasiga ishonib qolibman” – Andijonda YXHB inspektori odamlarni chuv tushirdi
13:58 / 25.04.2026