Jamiyat | 22:33 / 08.04.2017
10257
1 daqiqa o‘qiladi

Bayrut aeroportida yo‘lbars bolalari solingan quti bir hafta e'tiborsiz qoldirildi

Balandligi 16 sm va hech qanday belgilari bo‘lmagan yog‘och quti Bayrut aeroportida bir haftadan ko‘proq qarovsiz yotdi.

Quti ochilganda esa unda uchta yo‘lbars bolasi borligi aniqlangan. Yo‘lbarslarning ahvoli juda abgor bo‘lgan. Bundan tashqari, yo‘lbarschalar turli hasharotlardan aziyat chekib kelishgan. 

Qutida uning ichida hayvonlar borligiga ishora qiluvchi birorta ham belgi bo‘lmagan. Livan hayvonlarni himoya qilish tashkilotining ta'kidlashicha, yo‘lbarschalar Ukrainadagi Nikolayevsk hayvonot bog‘idan Damashq hayvonot bog‘iga yetkazilishi kerak bo‘lgan. 

Barcha yo‘lbarschalar musodara qilingan. Hozirda ular sog‘-omonlar va ahvollari yaxshilanmoqda.

Ta'kidlanishicha, yo‘lbarschalar o‘zlarining egalariga, ya'ni ko‘rinishicha, qora bozorga qaytishi imkoniyati saqlanib qolmoqda.