Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand tibbiyot kolleji bo‘lim boshlig‘i pora olayotganda qo‘lga olindi
Samarqand viloyat Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan birgalikda Samarqand tibbiyot kolleji hamshiralik bo‘limi boshlig‘i Hakimjon Matyoqubovga nisbatan tadbir o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda Sputnik.
"Hakimjon Matyoqubov o‘z shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab ota-onalarga ularning farzandlarini qabul komissiyasi rasman ish boshlaguniga qadar o‘quv yurtiga joylab qo‘yishini aytgan. U bu yilgi o‘quv yili uchun ikki abituriyentni kollejga joylash uchun samarqandlik fuqarodan 2200 dollar so‘ragan", — degan MXX vakili Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.
O‘tkazilgan maxsus tadbir chog‘ida huquqni muhofaza qilish organlari H.Matyoqubovni xizmat xonasida so‘ralgan miqdordagi pulni olayotganida qo‘lga oldilar.
“Unga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:24 / 27.06.2026
Namanganda 381 ming dollarga 50 sotix yerni rasmiylashtirib berishni va’da qilganlar ushlandi
08:33 / 25.06.2026
Elektr ta’minoti korxonalari muhandislari pora olayotganda ushlandi
18:32 / 23.06.2026
Katta poraxo‘rlar muddatining oxirigacha “o‘tiradi”
09:00 / 22.06.2026