Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tillerson Moskvaga keladi, Jonson esa yo‘q
AQSh davlat kotibi Reks Tillerson kelasi haftada, avval rejalashtirilganidek, Moskvaga keladi. Bu haqda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi bayonotida ma'lum qilingan. Biroq, ushbu mahkama rahbari Boris Jonson Rossiyaga safarini bekor qildi.
"Men davlat kotibi Tillerson bilan ushbu rejalarni batafsil muhokama qildim. U, avval rejalashtirganidek, Moskvaga boradi. G20 davlat rahbarlarining uchrashuvidan so‘ng esa, biz ruslarga o‘zimizning aniq va muvofiqlashtirilgan qarashimizni taqdim etamiz", - deya Jonson so‘zlari keltiriladi kommyunikeda.
AQSh davlat kotibi 11-12 aprel kunlari Moskvaga keladi. Amerika qurolli kuchlarining prezident Tramp buyrug‘i asosida Suriyaning Xoms viloyatidagi harbiy aerodromga zarba berganiga qaramay, mazkur uchrashuv tashkil etiladi.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson bu tashrifdan bir kun avval 10 aprelda Moskvaga kelishi belgilangan edi. Biroq, Birlashgan Qirollik tashqi siyosat mahkamasi rahbari Suriyadagi vaziyat o‘zgargani sababli Rossiyaga safarini bekor qilishga qaror qildi.
"Tashqi ishlar vaziri Boris Jonson 10 aprel kuni moskvaga bormaslikka qaror qildi", - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:32 / 07.07.2026
AQSh 100 yil ichida birinchi marta dumaloq bo‘lmagan tanga chiqaradi
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026