Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM Uzbekistan o‘z avtomobillari narxi oshishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi
Internetda mahalliy avtomobillar narxi oshishi haqida tarqalgan xabarlar asosga ega emas. «O‘zavtosanoat» va GM Uzbekistan AJ matbuot xizmati bu boradagi mish-mishlarni rasman rad etib chiqdi.
«Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi qator yangiliklar agentliklari sahifalarida GM Uzbekistan AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar narxlarini oshishi to‘g‘risidagi habarlarga oid sizlardan kelib tushayotgan ko‘plab savollar munosabati bilan shuni rasman ma'lum qilamizki, GM Uzbekistan AJ bunday xabarlarga aloqador emas. GM Uzbekistan AJ faoliyati to‘g‘risidagi ishonchli ma'lumot kompaniyaning rasmiy internet www.gmuzbekistan.uz va Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi (@gmuzbekistanofficial) rasmiy sahifalarida chop etiladi.
GM Uzbekistan AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning modellari, modifikatsiyalari, optsiyalari va narxlari borasidagi har qanday o‘zgarish kompaniyaning rasmiy internet va Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalarida oldindan xabar qilinadi», deyilgan matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”
18:00 / 05.12.2024
O‘zbekistonda mahalliylashtirish hisobiga BYD'larning tannarxini pasaytirish rejalashtirilmoqda
19:34 / 25.11.2024
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
15:26 / 10.07.2024