22:51 / 11.04.2017
122319

Videoselektor yakunlari. Yana bir «to‘rtlik» ishdan ketdi

Bugun, 11 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bir qator rahbarlar lavozimidan olinishdi.

Selektor yig‘ilishida dastlab hayotiy muhim masalalar bo‘yicha fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish borasidagi ishlarning ahvoli muhokama qilindi. 

«Kun.uz» manbasining ma'lumot berishicha, davlat rahbari Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri rahbariyati faoliyatini keskin tanqid qilgan.

Yig‘ilishda prezident tomonidan Qo‘qon shahar hokimi Abdullayev Akramjon Anorqulovich lavozimidan ozod etilgan. Undan tashqari, shahar prokurori, soliq boshlig‘i va ichki ishlar boshlig‘i ishdan olingan.

Qayd etish kerakki, 30 mart kuni o‘tkazilgan videoselektorda ham Toshkent shahrining Yunusobod tumani rahbariyati shu shaklda ishdan olingandi. O‘zbekistonda endilikda muayyan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun faqatgina hokimning o‘zi javob bermayapti. Qaysi tuman yoki shaharda hokim ishdan olinadigan bo‘lsa, «to‘rtlik»ning barcha vakillari — hokim, prokuror, militsiya boshlig‘i, DSI boshlig‘i ishdan ketadi. Bu jamoaviy javobgarlik hisoblanadi.

 

Top